Вт, 21.08.2018, 03:46
Приветствую Вас, Mexmon

Marhumaning kundaligi (ikkinchi qism)
Bugun 2 - Mart Payshanba, hozir yarm tun, men birinchi bor kundalik tutdim, qizlar ilk sevgisini uchratganda kundalik tutaboshlaydi degan gapni eshitgandim. Hozir 18 - yoshdaman, bugun men Murod ismli yigit bilan tanishdim, balki Murod meni ilk sevgimdir. Bizga qo'shni tumanda yashaydigan bu yigit qayoqdandir paydo bo'ldi-yu meni butunlay o'zgartirib yubordi. Dugonam Dilfuza Sanjar ismli bir yigit bilan ancha vaqtdan buyon gaplashib yurardi. Bugun o'sha Sanjar kollejimizga keldi, yonida do'sti ham bo'lgani uchun Dilfuza meni birga chiq deb holijonimga qo'ymadi. Sanjarning do'sti Murod aka edi, biz sevishganlarga halal bermaslik uchun holi gaplashardik, u menga turli hil narsalar haqida samimiy gapirardi, u negadir boshqa yigitlarga o'xshamagan samimiy kelishgan va aqlli inson, mana tun yarmida daftarga yozib u haqida hayolsurib o'tiribman. U xayrlashar ekan Adiba yaxshi qiz ekansiz yana uchrashsak bo'ladimi dedi. U yana kelarmikan negadir Murod aka hayolimdan ketmayapti! 4 - Mart shanba. Bugun kollejimizga yana o'sha yigit Murod keldi, biz u bilan suhbatlashdik, negadir uni hayolimdan chiqaraolmayapman, u mexribon samimiy yigit, uni ustiga juda kelishgan ham, u meni maxallamizgacha kuzatib qo'ydi. 19 - Mart. Bugun Murod aka bilan doimgidek kollej binosi ortida uzoq suhbatlashdik, u menga sevgi isxor qildi, negadir yuragim urishi tezlashib ilk bor yigit kishi oldida o'zimni yo'qotib qo'ydim, mana hozir yarm tun kundaligimga yozib o'tiribman, hayolim esa Murod akada. 21 - Mart. Bugun navro'z bayrami, biz bugun Murod aka bilan birga aylandik, juda baxtliman. 26 - Mart. Bugun dadam kechki ovqat mahali eski qadrdon do'stni o'g'li haqida rosa gapirdi, gaplariga qaraganda meni o'sha yigitga turmushga berish niyati yo'q emas! 3 - Aprel. Bugun Murod akam rosa g'alati ish qildi yaramas, biz u bilan har kuni uchrashib turamiz, aytishicha bir kuni meni ko'rmasa uhlayolmas emish. Bugun u bilan bog'da gaplashib o'tirgan edik, u harkun menga arzimagan bo'lsa xam sovg'a olib kelardi. Bugun ham senga sovg'a olib keldim deb cho'ntagini kavlarkan menga ko'zingni yum dedi, ko'zimni yumgan edim, ikki yuzimdan ushladi-da... uf uyatsiz-ey, shunaqayam sovg'a bo'larkanmi tavba... mana hozir yarm tun uni sovg'asi tami labimda qolib ajib bir hisni tuyib yotibman, barmoqlarim labimda yonimda esa sirdoshim kundalik, kundaligimga yozmaganimga ham ancha vaqt bo'lgandi, negadir u labimdan bo'sa olgan payt unga qarshilik qilaolmadim oyoqlarimda jon qolmadi, uyatsiz-ey sovg'aniyam bo'pladi- da xixi... tavba nega uhlay olmayapman, nega Murod aka hayolimdan ketmayapti! 5 - Aprel. Bugun dadam yana o'sha do'stini o'g'li haqida gap ochdi, negadir qo'rqib ketayapman bu haqida Murod akamga aytsammi yo'qmi bilmayman u menga uylanish haqida bir bor gapirmagan-ku qanday aytaman, uf negadir yig'lagim kelayapti. 22 - Aprel. Bugun yana Murod aka bilab uchrashdik. U menga uylanishi haqida ilk bor so'z ochidi. Juda ham baxtliman! 7 - May. Bugun dadam qayoqdandir ichib kelib yana o'sha do'stining o'g'lini rosa maqtadi, uf men o'lsam ham u yigitga turmushga chiqmayman, axir men Murod akani... hudoga shukurki harholda ukam Usmon men tarafda, uf endi nima bo'ladi chindan xam dadam meni o'sha g'alcha yigitga berib yuborsa-ya. 3 - Iyun. Bugun Murod aka menga o'zim boyimdek keladigan paxmoq ayiqcha sovg'a qildi. Hozir yarm tun yumshoq o'yinchog'im paxmoqvoyni quchib kundaligimga yozib yotibman. Hayolim esa yana Murod akada. 3 - Iyul. Bugun kundaligimga yozmaganimga ham roppa-rosa bir oy bo'libdi, ertaga unutilmas kun Murod akani tug'ulgan kuni u meni qayergadir olib bormoqchi menga aytadigan jiddiy gapi bor emish, menimcha u meni qo'limni so'ramoqchi. Erta qachon kelar ekan yuragim orzuqib ketayapti. 4 - Iyul. Bugun hayotimdagi eng baxtsiz kun, o'lgim kelayapti ablax... yigit zotidan nafratlanaman, ey hudo endi men... boshim qattiq og'riyapti... bugun Murod akani tug'ulgan kunini o'tqazish uchun u aytgan joyga borgandim, u meni moshinasiga o'tqazib qayergadir olib bordi, moshinasiga o'tirmoqchi emasdim tug'ulgan kuni ekanini ro'kach qilib qo'ymadi va meni qir tarafdagi qandaydir hovliga olib bordi. U yerda bizdan boshqa hech kim yo'q edi. Hovli o'rtasiga stol tuzalgan ekan biz u bilan birga gaplashib o'tirardik, hammasi o'sha vino ichganimdan keyin boshlandi Murod aka qandaydir vinoni rosa maqtab yarm piyola ichmasang hafa bo'laman deb turib oldi. Yo'q desam bugun tug'ulgan kunim axir deb qo'ymadi. O'sha vinoni ichdim-u boshim aylana boshladi, hayvon, vinoga kuchli uyqu dori qo'shgan ekan. Yodimda qolganlari u avval tegajonlik qilaboshladi, hushimni yo'qotar ekanman bildimki u men ko'tarib qandaydir honaga olib kirib yotqizdi... hushimga kelganimda esa butunlay holsiz edim. Badanimda ko'kargan tish izlari, oyoqlarim zirqirab og'rardi, ustimga esa yangi qon dog'lari tekgan mato tashlab qo'yilgandi. U hona burchagida hech narsa bo'lmaganday meni tomosha qilib o'tirardi. Og'riqdan va ko'rganlarimdan nima bo'lganini angladim, tinmay ho'ngrab yig'lardim, u esa bir so'zni takrorlardi: "endi faqat menikisan". Yonimda stol ustida turgan qandaydir idishni olib unga otdim idish devorga borib chil-chil bo'ldi, uni hechqachon kechirmasligimni aytib rosa yig'ladim. U esa yana tagajonlik qilaboshladi, u maraz qo'limni qayirib olib... Hozir yarm tun honamda tinmay yig'lab o'tiribman, men unga ishongandim, u esa... ey hudo endi dugonalarga o'xshagan emasman, endi bokira emasman o'lgim kelayapti. Maraz tug'ulgan kuni ham soxta ekan. (Davomi bor)
Категория: SeriaL Hikoyalar | Добавил: Admin (25.07.2018)
Просмотров: 40 | Теги: Marhumaning kundaligi (ikkinchi qis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar