Вс, 19.01.2020, 05:08
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Loading...

Меню сайта
Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 271
Мини-чат
Статистика


Qorni yorilgan chaqaloq
(Kimlarningdir g'arazli maqsadiga xizmat qilganmidi?). Qishning qirovli kunlari tizza bo'yi yoqqan qor sovug'i bilan etlarni junjiktiradi. Qarg'alarning qo'rqinchli qag'illashi sovuqda muz qotib turgan kishining tanasini battar covutadi. Ko'cha- kuyda boshqa fasllardek odam gavjum emas, ayniqsa, xar vaqt, xar vaqt bir shovqin solib o'tib ketadigan poyezd yo'llarida tirik jonni uchratish amrimaxol. Xar doimgidek bugun xam tog' yo'lidan o'tgan temir poyezd vagonlari zarbidan chiqqan ovoz butun darani daxshatga solgudek bo'ldi. Atrof jim-jit, faqat qishni sevuvchi qushlar yakkam-dukkam o'sgan daraxtlar ustida turib, boshini qanotlari pinjiga kiritib olib, ma'nosiz, erinibgina sayrab qo'yishadi. Temir yo'l sozlovchi Xasan og'a relslar sozligi va nosozligini tekshirish uchun uyidan chiqdi. Har doim shu paytda Xasan og'ani poyezd yo'lida uchratish mumkin. U o'z ishini sevganligi uchun sovuqda ham, issiqda ham ishlash unga malol kelmaydi. Relslar sozligi va nosozligini tekshirib kelayotgan Xasan og'aning ko'zi bir chetda qor ustiga tashlab ketilgan chaqaloqqa tushdi. U go'yo jonsiz qo'g'irchoqdek yerga yuztuban yotardi. Jasadni ko'rib Xasan og'aning tili kalimaga kelmay, esankirab turib qoldi. Chaqaloqning qorin qismi ochiq, ichak-chavog'i yo'q edi. Buni ko'rgan Xasan aka butun tog'ni larzaga solib qichqirdi: "Ey hudo, bu qanday vaxshiylik, bu qanday razolat bo'ldiki, begunoh odam bolasi bunday qismatga tushibdi. O'z nafsiga qul bo'lgan kimsalar shu begunoh chaqaloqning ichak-chavog'ini olib tashlab, narkotik joylashgani va manzilga eltishgandan so'ng, jasadni poyezddan uloqtirishganiga Xasan og'aning fahmi yetib turardi. Kimningdir to'qqiz oy qornida asrab, o'lim bilan olishib dunyoga keltirgan norasidasini vaqti kelsa og'ir kuniga xam yaraydigan xarom pul ilinjida vaxshiylarcha taxqirlagan. Nafsiga qul kimsalar chaqaloqning uvoli tutishidan ham cho'chishmabdi". Xayolida shunday fikrlar kechayotgan Xasan og'a inson bolasi shunchalik razillikka borishiga ishonolmay, yuragi allanechuk bo'lib, qor ustiga cho'kkalab o'tirib qoldi.Tamom
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (27.12.2019)
Просмотров: 28 | Теги: Qorni yorilgan chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Reklama
Copyright MyCorp © 2020