. QABRISTONDAN NEGA QO'RQAMAN" 1999-yil 28-dekabr. - Qo'rqinchli Voqealar - Xikoyalar - Voybu.Net Shou Biznes Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 20.02.2020, 13:25
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 274

Статистика

Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0


QABRISTONDAN NEGA QO'RQAMAN" 1999-yil 28-dekabr.
QABRISTONDAN NEGA QO'RQAMAN" 1999-yil 28-dekabr. Qishki ta'til boshlangan. Universitetda o'qiydigan kichkina amakim meni o'zi bilan qishloqqa olib ketdi. Men har yili qishda qishloqqa borardim. Chana uchish, tizzaga yetadigan qalin oppoq qor menga juda yoqardi. Yangi yil bayramini ham qishloqda o'tkazdim. Ko'z ochib yumguncha maktab ochiladigan kun ham yaqinlashib qoldi. Qishloqda 11 kun turdim (balki bu tasodifdir)... 2000-yil 8-yanvar. Men qishloqdan uyga kelyapman. Ko'chamizga kirdimu darvozamiz tagidagi turgan bobomning mashinasiga ko'zim tushdi. Lekin negadir yuragim g'ash... Uyga yaqinlashganimda darvozadan dadam singlimni ko'tarib chiqdi. Ortidan bobom va notanish bir kishi. Undan dorining hidi anqirdi. Oxirida ayam. Ko'zlari qizarib shishib ketgan. Men nima bo'lganligini so'radim: "Feruzni doktorga oborib kelamiz, tomog'i og'ribdi", degan javobni oldim (u 26-yanvar kuni 3 yoshga kirardi). Kech tushdi. Dadamning bir o'zi qaytdi. Ayam va singlim shifoxonada qolgan ekan. Dadam shifoxona uchun zarur bo'lgan narsalarni oldi. Men ham dadam bilan shifoxonaga bordim. "Reanimatsiya" degan yozuv ilingan eshikka bordik. Hamshira kirg'izmadi. Keyin kutish zaliga o'tdik. Ayam chiqib keldi. Ayam meni quchib yig'lardi. Men esa shiftga qarardim. Chunki ko'zim to'la yosh edi... Uyga qaytib keldik. Ertasi kuni meni oborishmadi... 10-yanvar. Kechqurun shifoxonaga bordik. Meni singlimning yoniga kirg'izishdi... Uni hech qachon bunaqa holatda ko'rmagandim. Yuzlari oqarib ketgan, ko'zlarining atrofi ko'kargan, holsiz yotardi. Hamshira kirib uni ukol qiladigan payt bo'lganligini aytdi. Singlim yig'lardi: "Opajon ukol qimang, men aqlli qizman. Ayamni aytganini qilaman, tovuqlarga don beraman. Ukol qimasangiz qo'lqopimni sizga beraman". Hamshiraning ko'zidan yosh dumaladi. Singlim ayamga yuzlandi: "Ayajon meni ukol qimasin. Men yaxshi bo'p qoldimku. Iltimos ayajon". Najot yo'q... Navbat menga kelgandi: "Aka ayt meni ukol qimasin, aka. Men seni yaxshi ko'raman aka. Meni qutqar aka. Ukoldan qo'rqaman"... Men xonadan otilib chiqdim. Ortiq bunga chidolmasdim... Ayam birozdan so'ng orqamdan chiqib Feruza meni chaqirayotganini aytdi. Yoniga kirdim. "Aka ertaga menga zvachka opke. Bittagina zvachka opke, xo'p" dedi. Men "xo'p" degandek boshimni qimirlatdim. 11-yanvar. Bugun maktab boshlandi. Ertalab kiyinib maktabga keldim. Yo'l- yo'lakay magazindan zvachka oldim. 3- soat dars boshlandi... Sinfxonamizning eshigi ochilib katta singlim ko'rindi: "Aka yuring uyga ketamiz, dadam chaqiryapti (katta singlim endi 6 yoshga to'lgandi)". Xonadan chiqib undan nima gaplini so'radim: "Feruza o'libdi"... Tanamdan sovuq ter chiqib ketdi. Hovliga kirar ekanman amakim menga to'n va do'ppi tutdi. Xa endi ishondim. Amakim bir qo'li bilan yelkamdan quchib uyga boshladi... Ayvonchada dadam devorga suyangancha yerga qarab turardi. Tuflisining ustida suv tomchilari bor edi. Endi men ishondim... Feruzning boshida o'tirgan ayam... Uzr bu yog'ini yozolmayman. Qo'limdan kelmaydi. Aya bugun ertalab sizga "Qabristonga borishdan qo'rqaman" deb yolg'on gapirdim. Qabristondagi qabrlar menga singlimni eslatadi... Kichkina qabr... Men bundan keyin o'zimga kelishga juda qiynalaman.
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (27.12.2019)
Просмотров: 129 | Теги: QABRISTONDAN NEGA QO'RQAMAN 1999-yi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020