. Poyezd yoliga tashlab ketilgan chaqaloq - Qo'rqinchli Voqealar - Xikoyalar - Voybu.Net Shou Biznes Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 29.01.2020, 13:37
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 273

Статистика

Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0


Poyezd yoliga tashlab ketilgan chaqaloq
Hayotda shunday vaxshiy insonlar bor ekanki ularga insof yoki jazo tilashdan boshqa ilojimiz yo’q. Bu voqea g’ayritabiiy hodisa bo’lib taxminan 60-70 yillarda, Buxoro temir yo’lida sodir bo’lgan. Voqeani o’sha yillarda temir yo’lda mashinist yani poyezd haydovchisi bo’lib ishlagan va hozirda nafaqaga chiqqan Olim amaki so’zlab berdilar. Hullas bir kuni Olim aka Toshkendan Buxoroga qarab tunda yo’lga chiqdi. Poyezdning tezligi 65-70 km edi. Buxoro yo’lida mahalliy uylarga yaqin yo’lda ketishayotgan, soat chamasi 2 edi. Olim akani yonida o’tiradigan yordamchisi uxlab qolgan edi. Shu payt poyezd oldi peshona oynasidan bir oppoq kiyinib olgan ayolning aksi ko’rindi. U qo’llari bilan poyezd oynasini urib baqirar edi. Olim aka bu holatdan daxshatga tushib dong qotib qoldilar. Birozdan so’ng haligi ayol ko’rinmay qoldi. Olim aka o’ylab qoldilar axir qanday qilib 70 km tezlikda ketayotgan poyezdga osilib chiqib olib gapirish mumkin yana old oynadan manimcha charchadim ko’zimga ko’rindi deb o’yladi. Oradan 5-10 daqiqa o’tib haligi oq kiyimli ayolning aksi yana ko’rindi u ayol yon tarafdagi oynadan qarab shunday dedi : 3 kilometr narida poyezd yo’lida chaqaloq yotibti iltimos sizdan yordam bering yordam beriiiiiinng!!!! U shunday deb baqirdida yo’q bo’lib qoldi. Olim aka daxshatga tushib yordamchisini uyg’otdi va poyezd tezligini kamaytirdi. 3 km yo’l yurgandan keyin uzoqda yo’lda temir izlar ustida kichik bir narsa ko’rindi. Olim aka va yordamchisi poyezdni to’xtatib tushib qarashsa savat ichida chaqaloq yig’lab yotardi. Olim aka uni poyezda Buxoroga olib ketti va militsiyaga topshirib bo’lgan voqeani so’zlab berdi. Poyezdda ko’ziga ko’ringan ayolning yuz ko’rinishini tasvirlab berdi va o’sha ayolning fotoroborti chizib qidiruvga berildi. Oradan ancha vaqt o’tib o’sha ayol haqida malumot to’plandi. Habar berishlaricha u ayol o’sha chaqaloqni dunyoga keltiriboq olamdan o’tgan emish. Olim aka bu gapdan habar topgach esankirab qoldi ahir qanaqasiga o’z ko’zim bilan ko’rdim u ayol manga gapirdiku.. hulas surishtiruv ishlaridan malum bo’ldiki u ayol hayotlik chog’ida erining singlisi yani qaynisinglisi uni chiqishtirmas, mayda chuyda gaplarni deb u bilan ko’p janjallashar, u ayol kambag’al oiladan chiqqani uchun uni xo’rlar kamsitar edi. Ayolni ismi Xosiyat edi. U bolani tug’ib olamdan o’tgach, eri bu ayriliqdan qattiq sqiladi, ko’p o’tmay avtoxalokatga uchrab vafot etgan ekan. Bolani boqish marxuma Xosiyat opani qayni singlisi zimmasiga tushadi. Lekin u Xosiyatni yomon ko’rgani uchun, uni deb akasi halokatga uchrab o’lgan deya uni ayblaydi va u chaqaloqdan alamini olish maqsadida uni yo’q qilishga qaror qiladi. Yarim kechasi chaqaloqni poyezd yo’liga oborib tashlaydi. Uning bu qilmishi fosh bo’ldi. Qilgan ishini tan oldi va unga qonunga muvofiq jazo belgilanib qamaldi. Qizcha esa tirik qoldi darvoqe chaqaloq qiz bola edi. Uni boqib katta qilishni marxuma Xosiyat opaning singlisi zimmasiga oldi. Boyagi voqeaga qaytadigan bo’lsak shunday hulosaga kelish mumkinki Xosiyat opaning ruxi qizchani o’limdan qutqargan bo’lishi mumkin. O’lganlarni ruxini chirqiratma ular ham bezovta bo’lishadi degan gaplar bejiz emas ekan. Olim aka bu voqeadan keyin ancha vaqt ishga chiqa olmadilar. Azizlar bu hayotda sodir bo’lgan real voqea uydurma emas. Bu voqeadan shunday hulosaga kelish mumkinki ona mexri naqadar kuchli. Hech kim onachalik mexribon bo’lolmas ekan. Xatto dunyodan o’tganda ham farzandini himoya qilishdan to’xtamas ekan. Hikoyamiz qahramoni Xosiyat opaning joylar jannatdan bo’lsin.
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (25.12.2019)
Просмотров: 14 | Теги: Poyezd yoliga tashlab ketilgan chaq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020