. "Nomusga chidolmagan qizdan maktub..." - Qo'rqinchli Voqealar - Xikoyalar - Voybu.Net Shou Biznes Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 29.01.2020, 15:04
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 273

Статистика

Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0


"Nomusga chidolmagan qizdan maktub..."
Rassomlik kollejida öqib yurganimda bir g'alati voqea röy bergan... O'qituvchimiz tabiat manzarasini chizib topshirishga bir hafta muxlat bergach, nima chizishni o'ylab qoldim. Ijara uyim ortida qabriston bo'lib, undagi majnuntollar ularga har safar ko'zim tushganida ko'nglimga ma'yuslik solardi. Shu manzarani qog'ozga tushirishga ahd qildim. Darsdan keyin dastgohlarimni kötarib qabristonga bordim. Ishga qiziqib ketganimdan kimdir yelkamga qo'lini qo'yganida seskanib tushdim. Ortimda o'zim tengi bir qiz jilmayib turardi. - Chiroyli chizarkansan, -dedi u rasmga tikilib. O'sha kuni o'zini Lola deb tanishtirgan qiz bilan anchagacha gaplashib o'tirdik. U shu atrofda yashashini va rasm chizishga qiziqishini aytdi. Shundan keyin bir hafta davomida u bilan har kuni qabristonda uchrashib turdik. Rasmni tugatar paytim u menga bir iltimosi borligini aytdi. -"Gulzor" köchasi, 19- uyda yashovchi yigitga mana shu maktubni berib qo'ya olasanmi? - dedi u yerga qarab. Men rozi böldim. Shoshib turganim uchun ertaga gaplashamiz deb xayrlashdim va Lola aytgan uy darvozasidan maktubni tashlab ijara uyimga yugurdim. Ertasi kuni darsdan qaytsam, uy egasi vahimali xabar bilan kutib oldi. 19- uyda yashovchi yigit, aqldan ozib, o'zini osib qo'yganmish. Qo'rqib ketdim. Negadir o'z- o'zidan oyoqlarim qabriston qabriston tomonga yetakladi. Lola bilan uchrashadigan o'rindiqda ancha o'tirdim, lekin undan darak bölmadi. Qaytayotganimda ko'zim yo'ldagi qabr toshiga tushdi va dahshatdan qotib qoldim: ''Lola Sultonova. 1981-1997 yillar''... Yugurib uyga keldim va uy egasidan Lolani surushtirdim. Ma'lum bo'lishicha, 19-uyda yashovchi yigit bir paytlar qo'shni mahallada yashovchi Lola degan qizni aldab uylanmagan, nomusga chidolmagan qiz joniga qasd qilgan ekan..
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (25.12.2019)
Просмотров: 15 | Теги: Nomusga chidolmagan qizdan maktub.. | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020