. MASHINADAGI SURAT… - Qo'rqinchli Voqealar - Xikoyalar - Voybu.Net Shou Biznes Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 20.02.2020, 13:19
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 274

Статистика

Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0


MASHINADAGI SURAT…
Bir joyga yig`ilishga juda shoshib ketayotgandim. Yo`l yuzida qo`l ko`tardim. Oppoq “Lasetti” to`xtadi. Pulini kelishmasdan ham o`tirib oldim. Yo`lda ketarkanmiz fikru-hayolim – majlisga kechikmaslik. Biroz yurgach radiodan eshitilayotgan sokin musiqa tinchlantira boshladi. Nasib qilgan vaqtda yetib boramanda. Mashina ichiga razm sola boshladim. Did bilan bezatilgan, ko`rinib turardiki haydovchi yigit unga qattiq e`tibor beradi. Ko`zim old oynaning burchagiga biriktirilgan suratga tushdi. Oppoq ro`moldagi yuzlari nurli onaxon surati edi. - Onangizmi?- chidolmay so`radim. - Ha.- dedi yigit. - Uzrku, hayotmilar? - Hudoga shukr, nega qiziqdiz? - O`zi, uzr… Biroz sukunatdan keyin yigitning o`zi gap boshladi: - Bilasizmi, ko`pchilik qiziqadi nega suratni yopishtirding deb. Ikki sababi bor. Biri – katta tezlikni yaxshi ko`raman. Mashina kam yo`lga tushib qolsam oyog`im beihtiyor gazni bosadi qattiqroq. Onamning suratlariga ko`zim tushgach esa tezlikni kamaytiraman. Bitta o`g`ilman, manga bir narsa bo`lsa onam g`amni ko`tara olmaydi deb qo`rqaman… Uning gaplarida jon bor edi. “To`g`ri” dedimku o`ylanib qoldim – barcha tez yuradiganlar shunday qilsa bo`larkan deb. - Kechirasiz uka, ikkinchi sababini aytmadingiz?- deb so`radim. - Ikkinchisi va asosiysi – onam doim ko`z oldimda. Ko`chadagi ishlar, tashvishlardan siqilib ketsam ularning yuzlarini ko`rib barchasini orqaga tashlayman. Onam suratini kuni bilan ko`rsam ham qattiq sog`inaman baribir. Uyga shoshilaman. Peshonamdan o`pib kutib olishlarini tasavvur qilsam ishlarimni yanayam tezroq bitirishga urinaman. - Sog`insez tez-tez telefon ham qilib turasizmi? - Albatta. Ikiki soatdan ortiq ovozlarini eshitmasam o`zimni qo`yarga joy topolmayman. - Yaxshi… Ichimda esa “Maqtanchoq ekanmi, go`yoki boshqalar onasini yaxshi ko`rmaydi” degan hayol keldi. O`ylay boshladim, u bilan o`zimni beixtiyor solishtirib. Onamning rasmlari yo`q yonimda. Telefonimda papkalar ichida chang bosib yotganini aytmaganda. Uyga ham bu yigitdek shoshmayman. Telefonda esa… Shu payt unga qo`ng`iroq bo`ldi. Mendan uzr so`rab mashinani chetga oldi. Uzoq gaplashgani yo`q, lekin shu qisqa vaqt ichida “Onajon”, “Labbay”, “Ho`p bo`ladi” kabi so`zlarni ishlatar, juda hushmuomila bo`lib gapirardi. Unga razm sola boshladim. Telefonda gaplashyaptiku har safar “Ho`p bo`ladi” deganda egilib ketay deyapti, go`yoki onasi qarshisida turgandek. Ko`zlarida esa quvonchni ko`rsa bo`lardi. Huddi yosh bolakay onasiga talpingandagi quvonchdek. Farqi shunda ediki yonimda yosh bola emas, kap-katta yigit o`tirar edi. U bolalikdagi o`sha mehrni saqlab qolgan edi. Unga xavasim kelardi. Agar bu yigitni onamlar ko`rganlarida edi – uning onasiga ularning ham xavaslari kelishi aniq edi. Yoki mendan qattiq o`ksinardilar, shu yigitchalik e`tiborli bo`lmaganim uchun. Negadir ichimdan bir achchiq narsa toshib kela boshladi. Ovozim bo`g`ilib, hiqildog`imga kelib taqaldi. Manzilga qanday yetib borganimni bilmayman. Majlisga ham ninani ustida o`tirgandek bo`ldim. Tushlik payti esa uyga shoshdim, qo`limda onam sevgan gullardan guldasta. Uyga yaqinlashganim sayin kayfiyatim ko`tarila boshladi. Men juda xursand edim, onamni esa qanchalik sevinishlarini o`ylab yuzimda tabassum bilan eshik qo`ng`irog`ini chaldim. - Assalomu alaykum onajon. - Vaaleykum assalom. Tinchlikmi, bu paytda kelmasding-ku?- xavotir olib so`radilar. Orqamda yashirib turgan guldastani uzatdim: - Sizni juda sog`inib ketdim
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (25.12.2019)
Просмотров: 47 | Теги: MASHINADAGI SURAT… | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020