Ср, 22.01.2020, 13:28
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Loading...

Меню сайта
Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 271
Мини-чат
Статистика


Kelishamizmi
Mashxur bir doktor kasalxonada öz xonasida ötirardi. Bir kishi uning qabuliga kirdi. Xotini jiddiy kasalligini, zudlik b-n operatsiya qilish lozimligini, buni faqat shu yerda qilish mumkinligini aytdi. Doktor uni xafsalasizlik b-n tinglab, darhol maqsadga köchib qöyaqoldi: "Shuncha olib kelasiz, kelishdikmi?" Haligi odam xafa holda chiqib ketgach boshqa bir paket qöltiqlagan kishi kirib keldi. Doktor unga qarab söradi: "Kelishganimizdekmi?" "Ha, hammasi" Deyarli 20 yillik faoliyati shunday ötdi uning. Goho yumaloq xatlar tufayli ishi "yuqori"ga köchish xavfi tug'ilsa yana darhol tadbirkorlik qilardi. Tanishlar bor. Ularga oddiygina qilib shunday derdi: "Kelishamizmi?" Vaqt-soati yetib doktor olamdan ötdi. Tangrining qudrati b-n uning ruhi öz janozasini kuzata boshladi. Deyarli hech kim xafa emasdi. U odamlarning özi haqida öylayotganlarini eshita olardi: - Rahmatlini ortidan yomonlash gunohkuya, lekin juda badnafs odam edi,- öylardi biri. -Shayton yöldan urgandi bechorani,- öylardi biri. -Mana endi bosh shifokorlik bizga qoldi,- sevindi yordamchisi. - Qabrda yomon azoblansa kerak,- öylardi boshqasi. U qörqa boshladi. Shuncha gunoh qilibdi. Hammasi köz öngidan öta boshladi... Uni qabrga olib ketishardi. U qop- qora, sovuq qabrga qarab qoldi. Qabrga bir siqim tuproq tashlangach u g'oyib böldi. Bir zumdan söng özini jasad ichida kördi. Tepada ovozlar tingach qabr azoblari haqida öylay boshladi: "Söroqqa keladigan farishtalarning qiyofasi qanaqa bölarkan, juda qörqinchli bölsa kerak" Nihoyat u kutgan fursat keldi. Bir zumda tor joy kengayib qanaqadir temirlarning taqir- tuquriga öxshash ovozlar eshitila boshladi. U hayron edi. Qarshisida oq xalat va oq niqobda bir sharpa turardi. "Söroq qiluvchi shunaqa böladimi",- öylardi u. Sharpa jasad tepasiga kelib niqobini yechdi. U sharpaning yuziga qaradi. Bu aynan özining qiyofasi edi. Sharpa qölida xuddi doktor operatsiyada ishlatadigan ötkir tig'ni baland kötardi va unga qarab sovuq jilmaydi: -Kelishamizmi AZIZLAR HAMMAMIZGA INSOF SABR TOQAT BERSIN
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (25.12.2019)
Просмотров: 12 | Теги: Kelishamizmi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Reklama
Copyright MyCorp © 2020