. "Daxshatli qotil" - Qo'rqinchli Voqealar - Xikoyalar - Voybu.Net Shou Biznes Olami - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 28.01.2020, 17:29
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Har - Xil Real Voqealar [323]
SeriaL Hikoyalar [20]
Qo'rqinchli Voqealar [451]
Qiziqarli Voqealar [2]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 272

Статистика

Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0


"Daxshatli qotil"
Qo'shnimiz bo'lardi, o'ziga to'q obro'- etiborga sazovar xonadon. Alloh bergan yolg'izgina o'g'illari bor edi. Hamma qatori yoshiga yetganida uylantirishdi. Yillar o'tib birin ketin ikki qiz, bir o'g'ilni ota-onasi bo'lishdi. Hammasi yaxshidek ko'rinsada baxtli oilaning devorlari mo'rt edi. Oltmish yoshni qoralab qo'ygan onaxon ha deganda kelinni bolalari bilan haydab yuborardi. Katta farzandlari o'n ikkiga kirgan bo'lsada bu xonadonda hotirjamlik bilan otgan tong yo'q edi. Onaxon o'g'lini qizg'onardi. Har hil ayblovlar topib kelinni yomonlashdan, javobini ber deb ta'kidlashdancharchama sdi. Kelin bo'lmish juda chiroyli edi. O'g'li kelinini bunchalik sevishiga onaning g'ashi kelardi. Navbatdagi janjallarda esa onaxon kimligini ehtimol butkul unutdi. O'g'liga ajrashasan deb turib oldi. Xotinini bolalarini yaxshi ko'rgani uni baxtsizligiga aylandi. Ona tap tortmay kelinini o'ynashi borligini aytadi. Besh olti eshik narida turadigan qo'shni yigit(u o'ttizdan oshgan bo'lsada hali uylanmagan edi) onaxon to'qigan bo'xtonni qurboniga aylandi. Onaxon tez orada butun mahallani bu "yangilik" bilan tanishtirib chiqdi. Va bu yangilik hammasiga nuqta qo'ydi... Ertasi kun uyga qaytgan ona hovlidagitutga osilgan jigarbandining jasadini ko'rdi. G'ish qolipdan ko'chgan edi. Azaga kelgan kelin bilan nabiralarini onaxon uyga kirgazishni istamadi. Ammo nabirasi aytgan so'z uni sergaklantirdi:"Otamni topib bering uni nega o'ldirdingiz buvijon?" Onaxondan so'ragim keladi, nima yutdingiz bir ayolni beva farzandlarni yetim qilib nimaga erishdingiz? Ota-onasi, rafiqasi, farzandlariniissiq mehrini sovuq tuproqqa almashtirgan onaxon endi baxtiyormisiz? Yoningizda farzandlarini kamolini ko'rib yurgani, o'ttiz besh yoshida nomusga chidolmay qora tuproq bag'rida yotganidanyaxshimasm idi? Axir ona uchun farzandini tinchligi, baxtiyorligidan ortiq yana nima kerak? "Kim musulmon ayolni nomini yomonga chiqarsa (nomussizlikda ayblasa) unga ohiratda jazo muqarrardir. Eng daxshatli qotil- yolg'on so'z
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (27.12.2019)
Просмотров: 35 | Теги: Daxshatli qotil | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020