Вт, 21.08.2018, 03:46
Приветствую Вас, Mexmon

Bu voqea hayotda rostdan ham bo'lib o'tgan bo'lib 80 - yillarga to'g'ri keladi.
Bu voqea hayotda rostdan ham bo'lib o'tgan bo'lib 80 - yillarga to'g'ri keladi. Bir ayolning eri hayotdan ko'z yumgan edi, u paytlar ayol yoshgina edi va unga 4 ta o'gilni tarbiya qilish bir o'zining zimmasiga tushdi. O'sha paytlarda ayolning katta o'g'li 11 yoshga ham to'lmagan edi. Ota hayotligida oilasini ta'minlashga juda qattiq harakat qilgan. Uning o'limidan so'ng ayol hamma narsani o'z bo'yniga olgan edi. U hamma vaqtini bolalar uchun ajratar, ularni tarbiya qilishga, ularni ta'minlash uchun xarakat qilar edi. U tunu-kun ishlar va xamma qiyinchilikni bir o'zi boshidan o'tqizar edi. U kunduzi ishlar va kechqurun bo'lsa oilasi uchun ovqat tayyorlar edi. Tunda esa u xoli qolmagan xolda o'zini ko'rpaga tashlab uxlar, ertalab saharda turar bolalari uchun nonushta, ularni kiyim- kechaklarini tayyorlar, ular uchun nima kerak bo'lsa hammasini tayyorlab qo'yar edi.Hamma narsa joyida ekanligiga ishonch xosil qilib ularni maktabga kuzatar va intizorlik bilan ularni qaytishini kutar edi. Ularni ulg'ayoyatgani ko'rib, u hamma narsaga chidashga tayyor edi. Oylar yillar o'tib borar xamon ona ular haqida qayg'urar bollar esa ulg'ayaverar edi. Hattoki bolalari balog'at yoshiga yetsa ham xali xamon ona bolalariga yordam berardi: u ularni o'qitish uchun hamma chiqimlarni o'z zimmasiga oldi, shu jumladan kiyim-boshiyu oziq-ovqatigacha. Keyinroq esa ular uchun ishga joylashtirishga va to'yigacha yordam berdi.Unga 60 yosh bo'lganda u yolg'izlanib qoldi. Shuncha yilgi mashaqqatli mehnatlari izsiz o'tmagandir axir? Afsuski shunaqaga o'xshar edi. O'sha paytlarda bolalari yig'ilishib onasiga navbatma navbat qarashga axd qilishdi. Vaqt o'tgan sari uning sog'liqi yomonlashib borardi va u gapirmay ham qoldi. Kelinlar u bilan qo'pol muomilada bo'lar va odamni kamsitadigan so'zlar bilan uni ranjitishar edi, u esa bu hamma pastkashliklarga chidar edi. O'g'illari esa... chunonchi ularni tug'ilganidan to uylangunigacha, o'zlari mustaqil bo'lgunlariga qadar tarbiyalagan onasini oldini olib, ximoya qilish o'rniga bir-birlari bilan janjallashishar va onasini xuddi tarvuzdek bir-birlariga berishar edi, ya'ni bir-birlarinikiga olib borib tashlar edi.Bir kuni kichik o'g'lini navbati keldi, lekin aynan o'sha kuni kichik o'g'lini va uning xotinini do'stlari kechki ziyofatga taklif qilishgan edi. O'g'il bunday bazmu-jamshidni o'tqazib yuborishni istamas edi, endi onani nima qilar ekanman deb o'ylandi va u katta akasiga qo'ng'iroq qilib bugun muhim uchrashuvi borligini u onasi bilan o'tira olmasligini va onasini unikiga yuborishini aytdi. Shunda og'a-inilar telefonda janjalashib ketishdi, katta akasi aytdiki, agar bugun onasini unikiga olib borsa eshikni ochmasligini aytdi. Bunga qaramasdan kichik uka tunda katta aka yashaydigan joyga olib bordi. U eshikni uzoq vaqt taqillatdi lekin katta aka eshikni ochmadi Shunda kichkina uka qichqirib dedi: "Eshik oldida seni onang o'tiripti, men uni shu yerga qo'yib ketyapman", va onasini tashlab ketti.Onaizor hammasini ko'rdi va eshitdi. Ko'z yoshlari yuzdan oqib bo'yinga tushardi. Xasta onaizor xarakatlana olmas, gapira olmas va nimadir qilishga ham xoli madori yo'q edi. Shunday qilib eshikni ham xech kim ochmadi va hattoki o'g'li o'ylab ham ko'rmadi qanday xolatda ekan onam deb: onasi ochmi to'qmi, suv ichadimi, uxlaydimi u va bu shuncha yilgi sayi harakatlari evaziga o'g'illaridan olgan javobi shumi? Taqirlash, xo'rlash? Sho'rlik onaizor eshik oldida o'tirar va butun hayotini o'ylar edi.Shunda kichkina uka qichqirib dedi: "Eshik oldida seni onang o'tiripti, men uni shu yerga qo'yib ketyapman", va onasini tashlab ketti. Onaizor hammasini ko'rdi va eshitdi. Ko'z yoshlari yuzdan oqib bo'yinga tushardi. Xasta onaizor xarakatlana olmas, gapira olmas va nimadir qilishga ham xoli madori yo'q edi. Shunday qilib eshikni ham xech kim ochmadi va hattoki o'g'li o'ylab ham ko'rmadi qanday xolatda ekan onam deb: onasi ochmi to'qmi, suv ichadimi, uxlaydimi u va bu shuncha yilgi sayi harakatlari evaziga o'g'illaridan olgan javobi shumi? Taqirlash, xo'rlash? Sho'rlik onaizor eshik oldida o'tirar va butun hayotini o'ylar ed U o'ziga o'zi: "Nahotki shular mening bolalarim bo'lsa? Ularni yaxshi ko'rib hamma yomonliklardan ximoya qilgan. Tunlari necha marotabaa meni uyg'otib suv ichaman deganlari yoki boshqa narsalar so'ragani... Men ularni xursandliklarini ko'rib men ham suyunganlarim, ular kasal bo'lib ularga og'ir bo'lgan paytlarda menga ham og'ir bo'lgan paytlar... evaziga men sovuqda qolib och-naxor ko'chada qolib kettim... " Ertalab katta o'g'il eshikni ochib qaraganda onasi nafas olmay jonsiz xolatda yotardi.azizlarim ota onajonim yagonadir ularni borliklarida qadrilariga yetaylik otkanlarni joylarini jannata qilib oxiratlarini obod qilsin ...
Категория: Qo'rqinchli Voqealar | Добавил: Admin (25.07.2018)
Просмотров: 44 | Теги: Bu voqea hayotda rostdan ham bo'lib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar