Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz

Beshbarmoq istalgan dasturxonga ko‘rk beruvchi, mazasi og‘izda qoluvchi tansiq taom sanaladi. Uni iftorlikka tayyorlab, oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘tarishingiz mumkin.

Ushbu taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tovuq — butun
Piyoz 1 dona
Sabzi 1 dona
Tuz — ta’bga qarab
Lavr yaprog‘i

Xamir uchun:
Un — 600-650 gr
Suv — 350 ml
Tuxum 2 dona
Tuz — bir chimdim

Bezak uchun:
Piyoz va murch

Tayyorlanish jarayoni:
- Tovuqdan bulon tayyorlab oling, unga sabzi va piyoz hamda lavr yaprog‘i soling.
- Qaynaganidan keyin ko‘piklarini olib miltillatib past olovda qaynating, bulon tiniq bo‘lib pishishi kerak.
- Tovuqli bulon qaynaguniga qadar xamir qoring.
- Xamir har doimgidek qoriladi: tuzli suv, un, tuxumni qo‘shing. Xamir qattiq va tarang bo‘lishi kerak.
- Tayyor xamirni paketga solib biroz tingani qo‘ying.
- Xamirni jo‘​va bilan katta qilib yoyib, to‘rtburchak shaklda qilib kesib chiqamiz (qalin yoki ingichkaligi o‘zingiz va oila a’zolaringiz xohishiga bog‘liq)
- Kesilgan xamir bo‘laklarini biroz stol ustida qoldiring.
- Bulondan tovuq va sabzavotlarni oling.
- Tuz soling va kesilgan xamir bo‘laklarini pishirib oling.
- Xamir yopishib qolmasligi uchun kam-kamdan solib pishiring.
- Lagan yoki kattaroq idishga birinchi bo‘lib xamirni soling.
- Ustidan tovuq go‘shtini soling.
- Quruq bo‘lmasin desangiz bulyondan 3-4 qoshiq solishingiz mumkin.
- Taom ustini murchlangan piyoz bilan bezang.

Категория: Pazandachilik Sirlari | Добавил: Admin (28.04.2020)
Просмотров: 119 | Теги: Iftorlik dasturxonini tovuqli beshb | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close