Вт, 17.07.2018, 06:49
Приветствую Вас, Mexmon

Xunuk qizga uylanib pushaymon bo'l(ma)gan yigit
Avval iqtisodiy ahvoli yaxshi emasdi, lekin keyin o'zini tiklab oldi. Otasi taqvodor inson bo'lib, imomlik qilardi. Iqtisodiy ahvoli yaxshilangach, otasiga:

— Otajon endi uylanishni istayman. Shuncha yil o'tdi, endi oila qurish vaqti keldi, bo'lajak ayolimni o'zingiz topishingizni istayman, dedi. Hattoki kuttirmay, nikohlashingizni istayman. To'yim, borgan kunimda bo'lsin. Topgan keliningizni ko'rishim ham shart emas…

Bu aslida otasiga bo'lgan ishonchning bir ko'rinishi edi. Albatta taqvodor bir mo'min, payg'ambarimiz alayhissalomning:

“Ayol to'rt narsa uchun nikohlanadi: moli uchun, hasabi uchun, chiroyi uchun va dini uchun. Bas, sen dindorini tanla, qo'ling tuproqqa qorilgur!”, degan hadislariga amal qiladi. Otasi unga soliha, dindor bir qiz topdi. Lekin qiz go'zal emasdi.

Yigit yurtiga qaytdi. Uni Misr aeroportida kutib olishib, yopinchiqqa o'rangan ayolining yoniga olib borishdi. Xullas xonada ikki yosh yolg'iz qoldilar. Qiz yopinchig'ini olar-olmas, yigitning kayfiyati tushib ketadi.

Otamning menga topgan kelini shumi? Shuncha yildan keyin katta hayajon bilan yurtga qaytdim va… Ko'ngliga chiroq yoqsa yorishmasdi. Kelinga e'tibor bermay yotib uxladi. Kuyovning bu harakatidan gap nimada ekanini tushungan kelin kechaning oxirgi uchdan bir qismida erini uyg'otishga harakat qildi. Lekin eri uyg'onishni rad etdi. Kelin qayta harakat qildi, yana rad javobini oldi. Keyin uni uyg'otish uchun erining yuziga suv sepdi. Eri uyg'ondi va kelin asta tushuntira ketdi:

— Xayolingizdan nimalar o'tayotganini sezib turibman, go'zal emasligimni bilaman. Lekin shuni bilishingizni istardimki, oila qurishni faqat bir sababdan istadim. Payg'ambarimiz alayhis salomning bir hadislarni amalda ko'rishni istadim. U zot shunday deganlar:

«Kechasi namoz o'qigan, ayolini ham namoz o'qishga uyg'otgan, agar bosh tortsa, yuziga suv sepgan kishiga Allohning rahmati bo'lsin. Kechasi turib namoz o'qigan, erini ham namoz o'qish uchun uyg'otgan, agar uyg'onmasa, yuziga suv sepgan ayolga (ham) Allohning rahmati bo'lsin!». Vallohi, bu tilagimni amalga oshirganingiz uchun sizdan juda minnatdorman. Bu hadisni bajarishni juda istardim, lekin go'zal emasligimni bilganim uchun, turmushga chiqishdan umidimni uzgandim. Iltimos, hadisni qolgan qismini men bilan ado etsangiz! Kuyov uyg'ondi, namozni birga o'qidilar.

Namoz tugagach kuyov kelinga qararkan hayratdan karaxt bo'lib qoldi. O'zi bu haqida shunday deydi:

— Namozni tugatib, ayolimga qarar ekanman, oldinroq ko'rganim, xunukkina ayol shu ekaniga ishonmasdim. Qasam ichib aytamanki, xuddi yonimda dunyoning eng go'zal ayoli turardi.

Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi
Manba:Qadriyat.uz
Категория: Hikoyalar (Real Voqealar) | Добавил: Admin (28.06.2018)
Просмотров: 35 | Теги: Xunuk qizga uylanib pushaymon bo'l( | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar