Главная » Статьи » Hikoyalar (Real Voqealar)

Uyimiz soyga yaqin
Uyimiz soyga yaqin bo'lgani uchun yoz bo'yi biz bolalar soydan chiqmasdik. Salqin tushganiga qaramay, yaqinda Akram degan o'rtog'im "yur cho'milamiz" deb qoldi. Oyog'im tortmasa ham birga bordim. Akram ko'prik ustidan suvga sakradi-yu, lekin men junjikib turaverdim. Akram suv ostida turish bo'yicha mahalla chempioni bo'lgani uchun uning suvdan chiqmayotganiga avvale'tibor bermadim. Lekin bir ozdan kegin havotirimoshib, otini aytib chaqira boshladim. U ko'rinavermagach, ortidan suvga sakradim. Uni rosa qidirib suv ostida ham, suv ustidan ham topa olmaganimdan keyin qirg'oqqa chiqib odamlarni yordamga chaqira boshladim. Bir mahal suv ostida rangi ko'karib ketgan Akram ko'rindi. U so'zsiz suvdan chiqdi va atrofdagi odamlarga ham, qirg'oqda yotgan kiyim boshiga ham qaramayketa boshladi. Men kiyimlarini olib ortidan ergashdim... Ertasi kuni maktabda vahimali gap tarqadi. Akram yarim tunda o'rnidan turib, o'z- o'zidan soyga qarab yo'l olganmush. Akalari bilip qolib, qaytaribkelishibdi. Soyga boraman, meni chaqirishyabdi, deb janjal qilavergach, qo'rqqan ota-onasi uni bir honaga qamab qo'yib, domla chaqirtirib o'qitishayotganmush. Xabar olgani borganimda onasi "Usha kuni bemahal tinch oqayotgan suvga sakragan o'rtog'ing suv parilarining suhbatini buzibdi. Jahli chiqqan suv parilari endi chaqirishyapti", dedi. Uyqu dori ta'sirida xolsiz yotgan do'stim meni ko'rib jilmaydi: - Men baribir ketishim kerak og'ayni. Eshityabsanmi? - dedi osmonga ishora qilib. - Ana, "Akra-a-am" deyishyabdi, ovozini yoqimligini qara... O'sha kuni uni qaytarmaganim, soyga birga borganim uchun vijdonim qiynalib, uyga qaytdim. Ertalab butun mahalla daxshatli qichqiriqdan seskinib uyg'ondi. Akramni uyqu dori ta'sirida uhlatib, ko'ngli hotirjam bo'lgan akasi, u qanday kalitni olib chiqib ketganini sezmay qolibdi... Uch kundan keyin Akramning jasadini suvdan topishdi. Uning ko'zlari ochiq, labida tabassum qotib qolgandi..
Категория: Hikoyalar (Real Voqealar) | Добавил: Admin (25.05.2018)
Просмотров: 45 | Теги: Uyimiz soyga yaqin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz