Главная » Статьи » Hikoyalar (Real Voqealar)

,,QISHLOQ CHETIDAGI AJINA
Bu voqea mani hayotimda sodir bo'gan va hayotimni butkul o'zgartirib yuborgan.Man bundan 3 yil oldin asalarichilik qila boshladim. Avvaliga ishlarim zo'r ketvatudi. 2013-yil 27-may kuni bo'gan voqeadan keyin ishimnia tashlab hamma arimni sotishga majbur bo'ldim. Arilarimni qishloqdan 15 kilometr yuqoridagi bog'ga qo'ygandim. O'sha kuni har doimgidek maskivich mashinasida ishga bordim. Kechgacha ishlab tahminan soat 19:30 larda uyga qaytaman desam birdan mashina o't olmay qoldi. Soat 22:30 gacha mashinani tuzatishga harakat qildim. Ohiri 23:00 larda mashinani tuzatib yo'lga tushdim. Yo'lda ketyapmanu negadir yuragim g'ash. Tahminan 5-6 kilometr yurganimdan so'ng. Tut qatorni oldida bir qora kiyimli odam qo'l ko'tarib yo'limni to'sdi. Mashinani to'htatib tinchlikmi deb so'radim. U odam esha yerga qaragancha ingichga ovozda iltimos qishloqgacha olib keting dalaga chiqgandim kech qolib kettim dedi. Men mayli bechora kech qolib ketibdi deb o'yladim va o'tiring dedim. U orqa o'rindiqga o'tirdi. Ozgina yo'l yurganimizdan keyin meni uyqum kela boshladi va gaplashib ketaman deb orqaga qarab endi gapiraman desam... Dahshat boyagi odamni yuzi chirib ketgan. Men dahshatga tushib qoldim. Shu payt u meni bo'g'a boshladi. Men jon holatda kalima qaytara boshladim. Shu payt u birdan g'oyib bo'lib qoldi. Mashinani esa bir darahtga urib oldim va hushimni yo'qotdim. Ertalab ko'zimni ochsam uydaman o'g'zim qiyshayib bir tomonga o'tib qobdi. Shundan so'ng uydagilar 40 kun kuchli qoriga o'qitishdi men o'zimga kelib qoldimu lekin hali ham tunda yolg'iz yurishga qo'rqaman... Keyin bilsam uyga qaytavermaganimdan so'ng dadam bir necha marta menga tel qilibdilar. Telefonni ko'tarmaganimdan so'ng meni qidirib yo'lga chiqibdilar va qishloqdan chiqaverishda daraxtga urilgan mashinamni ko'rib qobdilar va meni uyga olib kelibdilar. Hozir yaxshiman lekin goh gohida o'sha sharpa tushimga kirib meni bo'g'a boshlaydi. Ko'p qorilarga o'qitdim lekin foydasi bo'lmadi.
Категория: Hikoyalar (Real Voqealar) | Добавил: Admin (25.05.2018)
Просмотров: 43 | Теги: QISHLOQ CHETIDAGI AJINA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz