Главная » Статьи » Hikoyalar (Real Voqealar)

Ikki tumanni birlashtirib turuvchi yaqin yo'l
Ikki tumanni birlashtirib turuvchi yaqin yo'l bor. Ba'zan shoshgan xaydovchilar yoqilg'ini tejash maqsadida o'sha yerdan o'tishadi. Ammo mashinalar qatnovi kam bo'lsa-da, negadur shu yo'lda avtohalokatlar ko'p ro'y beradi?... Yaqinda do'stlarim bilan o'sha yerdan o'tib ketayotib, yo'l ustida bir mashina ag'darilib yotganiga duch kelib qoldik Xaydovchi mashinadan chamasi uch metr narida bexush yotardi. Zudlik bilan uni shifohonaga olib bordik. - Yna besh daqiqa kechikkaningizda, uni saqlab qola olmasdik, - dedi shifokor. Mashinaning ag'darilishi sababini xechkim topa olmadi. Qariyalar amslahatlashib, u yerda qurbonlik uchun qo'y so'ydirib , xammaga tarqatishdi. Bu sirli holat haqida otamdan so'radim. - Ilgari bu yerda qabriston bo'lgan, degan gap bor, - deya hikoya qila boshladi otam. - Aytishlaricha, eski qabriston ustida yo'l tushgan. Sho'rolar davrida yo'lni qisqartirish uchun shunday qilingan ekan. Yillar o'tgani sari bu yo'llar qabriston bo'lgani odamlarning yodidan ko'tarilgan. Ammo ruhlar baribir bezovta bo'lsa kerakda... Shuning uchun ham odamlar xar yili u yerga borib qurbonlik qilishadi. Menimcha, aynan usha eski qabriston sabab avtohalokat ro'y bergan. Xaydovchi o'ziga kelgach, uni qandaydir oq kiyimli odamlar o'ziga chorlaganini aytibdi
Категория: Hikoyalar (Real Voqealar) | Добавил: Admin (25.05.2018)
Просмотров: 26 | Теги: Ikki tumanni birlashtirib turuvchi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz