Вс, 22.07.2018, 11:18
Приветствую Вас, Mexmon

Mutaxassislar suvni litrlab ichishni maslahat berishmaydi…
Tibbiyot xodimlari aytishadiki, organizm uchun ichimlik suvi juda zarur. Ammo ekspertlar bu talabni qoralashadi. To'g'ri, balki suvni ko'proq ichish ortiqcha yog'lardan xalos bo'lishda, tashqi ko'rinish go'zal bo'lishida qaysidir jihatdan yordam berar. Lekin litrlab ichilgan suv organizm uchun zarar. Birinchidan, kechqurun ko'p suv ichsangiz, yarim tunda uyg'onib ketasiz. Hojatxonaga chiqishga majbursiz. Bu uyquning me'yoriy fazasi buzilishiga olib keladi. Ikkinchidan, tunda buyraklar juda sekin ishlaydi. Ko'p suv ichsangiz, ularning ishlashi qiyinlashadi. Natijada ertalabiga yuz, qovoqlar, qo'l va oyoqlarda shish paydo bo'lishi mumkin.

Sport bilan shug'ullanishda ham ko'p suv ichish tavsiya etilmaydi. Suv organizmdagi tuz, kislotani yuvib ketadi.

Oqibatda bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi kabilar yuzaga keladi. Bundan tashqari, ko'p suv ichish yurak faoliyatida muammolarni keltirib chiqaradi. Achchiq qalampirli taomdan keyin va ovqatlanish paytida ham ko'p suv ichish yaramaydi. Chunki suv achchiq taom tarkibidagi kapsaitsinning organizm bo'ylab tez tarqalishiga yordam beradi. Keyin jig'ildon qaynashi kabi yoqimsiz holatlar kelib chiqadi.

Mutaxasssislar aytishadiki, me'yoridan ko'p suv ichilganda, organizmdagi natriy yuvilib ketadi, buyrak jismoniy zo'riqishga uchraydi va qonga kerakli moddalarni yuborishga qiynala boshlaydi.
Категория: Foydali Maqolalar | Добавил: Admin (08.07.2018)
Просмотров: 20 | Теги: Mutaxassislar suvni litrlab ichishn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar