09:41
Zangiotada 18 yoshli qizni pichoqlab, kanalga tashlab yuborganlar qo‘lga olindi. Qiz omon qoldi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Toshkent viloyatida 18 yoshli qizning tanishlari tomonidan pichoqlangani va Tuyabo‘g‘iz kanaliga tashlab yuborilgani haqida “Daryo”ga xabar berdi.

Unga ko‘ra 2020-yil 20-aprel kuni soat 03:00 larda Zangiota tumani, “Quyoshli” mahallasida 2003-yilda tug‘ilgan A.Q. ikki nafar sherigi bilan ularga oldindan tanish bo‘lgan qiz 2002-yilda tug‘ilgan K.R. bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan uning bo‘yin, qorin hamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi Tuyabo‘g‘iz kanaliga tashlab yuborgan va sheriklari bilan hodisa joyidan yashiringan.

K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Uning hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolingan.

A.K va uning sheriklari qo‘lgan olingan. Mazkur holat yuzasidan 20-aprel kuni A.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-modda 2-qismi “p” bandi (Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 132 | Добавил: Admin | Теги: kanalga tashlab yuborganlar qo‘lga , Zangiotada 18 yoshli qizni pichoqla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close