16:22 Zabaykalyalik qiz Moskvaga borish uchun dugonasini tunadi | |
Zabaykalyalik qiz Moskva shahriga borib, aylanib kelish uchun dugonasini tunadi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri. Jinoyatchi qiz qo`lga olindi. Voqea fevral oyida sodir bo`lgan bo`lsa-da, bu haqda 19 aprel kuni ma`lum bo`ldi. Shilkin tuman polisiya bo`limga 18 yoshli qiz ariza bilan murojaat qilib, pasporti, bank kartasi va omonat kassa daftarchasi yo`qolganligini ma`lum qildi. Keyinchalik omonat kassa daftarchasidan 72 ming rubl echib olingani aniqlandi. Tezkor-tergov ishlari natijasida o`g`rilikni qizning dugonasi sodir etgani ma`lum bo`ldi. Pulni echib olgan qiz zudlik bilan Moskva shahriga jo`nagan. U Moskva vokzallaridan birida, poezddan tushgan paytda qo`lga olindi. Qiz o`z aybiga iqror bo`ldi. Unga nisbatan “O`g`irlik” jinoyati bo`yicha ayb e`lon qilindi, qizga besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|