13:26 YouTube TV AQShning beshta shahrida ishga tushdi | |
Kabel va efirga uzatilayotgan kanallarni onlayn ko‘rish imkonini beruvchi YouTube TV servisi Amerikaning beshta shahrida ishga tushdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. YouTube servisidan Nyu-York, Los-Anjeles, San-Fransisko, Filadelfiya va Chikagoda foydalanish mumkin bo‘ldi. Servisga bir oylik ulanish abonentga 35 dollarga tushadi — bu kabel televideniyesidan ikki marta arzonroqdir. Avvalroq YouTube TV-kanallarni onlayn ko‘rish uchun pullik servisni ishga tushirishi haqida ma’lum qilingan edi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|