12:32
Yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng katta kema besh yildan so‘ng quriladi

Yevropaning MSC Cruises kompaniyasi dunyoda eng ko‘p yo‘lovchi ketadigan sayohat kemasini qurish borasidagi rejasi bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi Daily Mail.

MSC Cruises STX France korporatsiyasi bilan hamkorlikda 2022-yilga qadar 2760 ta bo‘lmaga 6850 nafar yo‘lovchi sig‘adigan kemani yaratish niyatida. Hozirda dunyodagi eng katta sayohat kemasi Harmoniy of the Seas bo‘lib, unga 6780 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.

Yangi MSC Cruises kemasining suv hajmi 200 ming tonnani tashkil etadi. Kompaniya matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, kemaning uzunligi 330 metr, eni 47 metr bo‘ladi.

2022—2024-yillarga qadar bu kabi kemalardan umumiy miqdorda to‘rtta tayyorlanadi. MSC Cruises 2026-yilga borib ushbu sayohat kemalaridan yana uchtasini qurishni rejalashtirmoqda.

Ushbu kemalar Y harfi shaklida qurilib, yo‘lovchilar oilayiv hordiq chiqarishi uchun maxsus zonalar, oynali sun’iy hovuz, shuningdek, dengiz panoramasidan bahramand bo‘lishlari uchun kemaning burun qismidan joy va boshqa shu kabi qulayliklar bilan ta’minlanadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 946 | Добавил: Admin | Теги: Yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallang | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close