15:00
Yerga asteroid tushishining eng xavfli oqibatlari ro‘yxati tuzildi
Olimlar Yerga asteroid tushishi oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli halokatlar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “NaukaTV” nashri xabar berdi.

Asteroid bilan to‘qnashganda Yer uchun eng xavfli halokat kuchli shamollar va zarbali to‘lqinlar bo‘lib chiqdi. Buni tushuntirish uchun buyuk britaniyalik olimlar to‘qnashish holatida sayyora bilan bog‘liq bo‘lgan yettita hodisani o‘rganib chiqdi. Bu ro‘yxatdan favqulodda yuqori harorat, zarbali to‘lqinlar, uchuvchi bo‘laklar, sunami, seysmik tebranishlar, bo‘ronli shamollar, shuningdek, kraterlarning hosil bo‘lishi kiradi.

Sautgempton universiteti jamoasi Yerga diametri 15 metrdan 400 metrgacha bo‘lgan 50 mingta asteroid tushishini modellashtirdi. Ta’kidlanishicha, diametri 60 metr bo‘lgan asteroid sayyoraga bir yarim ming yilda bir marta urilsa, diametri 400 metr bo‘lgan asteroid esa yuz ming yilda bir marta Yer bilan to‘qnashadi. “Asteroidning Yerga urilish ehtimoli juda past, biroq agar uriladigan bo‘lsa, oqibatlari tasavvur qilib bo‘lmas darajada bo‘ladi”, — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Klemens Rumpf.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limni yuzaga keltiruvchi asteroidlar urilishi juda kam yuz beradi, biroq hamma narsaga tayyor bo‘lish kerak va oldindan o‘lim sonini va vayronalikni qanday kamaytirishni tushunish kerak.

Tadqiqot guruhi yuqorida qayd etilgan hodisalarning ehtimoliy oqibatlarini tahlil qilib, ularning qancha inson umriga zomin bo‘lishini hisoblab chiqdi va ularni eng xavflidan eng xavfsizgacha tartibda joylashtirdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuchli shamollar va zarbali to‘lqinlar sayyora aholisi 60 fozining umriga zomin bo‘lishi mumkin.

Taxmin qilinishicha, Yerning asteroid bilan to‘qnashishida yuzaga keladigan tasavvur qilib bo‘lmas darajadagi kuchli zarbali to‘lqinlar atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi va odam ichki a’zolariga zarar yetkazadi. Kuchli shamollar esa yengillik bilan odam tanasini uchirib ketishga qodir bo‘ladi yoki o‘rmonni tekislikka aylantirib qo‘ya oladi.

To‘qnashuv natijasida Yer yuzasini qoplab olishi mumkin bo‘lgan issiqlik harakati sayyora aholisining 30 foizini hayotdan olib ketishi mumkin. Biroq bundan yerosti inshootlarida yashirinish orqali saqlanish mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatning keyingi qatorida sunami bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, u 20 foiz aholini olib ketishi mumkin. Biroq bunda asteroidning yerga urilish joyini hisobga olish kerak. Agar to‘qnashuv okeanda yuz bersa, to‘lqin suv bo‘ylab tarqaladi va materikka yetib kelgunga qadar u deyarli o‘z kuchini yo‘qotadi. To‘qnashuv quruqlikda yuz bersa, okeandagidan anchagina xavfli bo‘ladi.

Bundan tashqari ilmiy guruh inson o‘limini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan asteroidlar o‘lchamini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, diametri 18 metrdan katta bo‘lgan asteroidlar inson o‘limini yuzaga keltiradi, undan kichik o‘lchamdaglari esa Yerga yetb kelguncha atmosferada yonib ketadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 764 | Добавил: Admin | Теги: Yerga asteroid tushishining eng xav | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close