Пн, 10.12.2018, 17:47
Приветствую Вас, Mexmon

15:12
Yaqindagina olamdan o'tgan ikki yashar bolakay kutilmaganda o'rnidan turdi-yu, suv berishlarini so'radi…
Braziliyada kutilmagan va favqulodda hodisa yuz berdi. Ikki yashar Kelvin Santos ismli bolakay pnevmoniya tufayli olamdan o'tgandi. Kasalxonadagilar jasadni dafn etishlari uchun ota-onasining qo'liga topshirdi. Tez fursatda uyidagilar dafn marosimiga tayyorlanib ham ulgurishdi. Bolakayning dafn etilishiga bir soatgina vaqt qolgan, u ochiq tobutda yotardi. U bilan qarindoshlar, ota-onasi vidolashish uchun kirishganda, Kelvin kutilmaganda o'rnidan turib o'tirdi va suv berishlarini so'radi. Shubhasiz, yaqinlari shok holatiga tushib qolishdi. Baqir-chaqirlar boshlandi. Ota-onasi quvonchdan yorilay deb jasadga yopishdi. Afsuski, suvni ichib bo'lgach, bolakay qaytadan tobutga yotdi-yu, endi rosmana olamdan o'tdi. «Chiqmagan jondan umid», deganlaridek, yaqinlari Kelvinni qaytadan kasalxonaga olib borishdi.

Mutaxassislar tekshirib ko'rib bola olamdan o'tganini aytishdi. Baribir ota-onasi umidvor edi. Bir necha soat kutishdi. Bola uyg'onib qolishidan umid qilishdi. Yo'q, Kelvin qayta uyg'onmadi. Shundan keyin tobutni qabristonga olib ketishga majbur bo'lishdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 531 | Добавил: Admin | Теги: suv berishlarini so'radi…, Yaqindagina olamdan o'tgan ikki yas | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar