Главная » 2017 » Декабрь » 28 » Yaqin kelajakda odamlar spirtli ichimlik ichishni bas qilishadi…
06:35
Yaqin kelajakda odamlar spirtli ichimlik ichishni bas qilishadi…
Shu masalada London tibbiyot kolleji professori Devid Natt izlanishlar olib bordi. Izlanish natijalari o'laroq professor alkosint moddasini yaratdi. Bu ham xuddi spirtli ichimlik kabi sarxush etish xususiyatiga ega. Lekin spirtli ichimlikdan butkul farq qiladi. Alkosint organizm o'ziga kerakli miqdordagi spirtga ega bo'lgach, sarxush etish va boshqa ta'sirlardan to'xtaydi. Demak, kelajakda spirtli ichimlik shinavandalari «poxmel», turli zararli sarguzashtlar, hurmat-izzatini, jamiyatdagi o'rnini, asosiysi, cho'ntagidagi pulini yo'qotishdan tiyiladi.

Alkosint organizmda o'rganish jarayonini chaqirmaydi. Aksincha, oradan ma'lum vaqt o'tib uni iste'mol qilgan odam organizmida shunday holat paydo bo'ladiki, havasmand sarxush bo'lish tugul, uni o'ylashni ham xohlamay qo'yadi.

Ayni paytda bu yangi ixtiro mahsuli bilan Amerika, Xitoy, Kanada qiziqmoqda.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 249 | Добавил: Admin | Теги: Yaqin kelajakda odamlar spirtli ich | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz