09:47
Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba yigitda koronavirus aniqlandi

Yaponiyada bir nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov ma’lumot bergan.

Assotsiatsiya vakili talaba yigitning umumiy holati yaxshi ekanligini bildirgan.

O‘zbekistonda 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 1450 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 156 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan.

5-aprelda Nyu-Yorkda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning COVID-19’dan vafot etgani xabar qilingan, keyinchalik O‘zbekiston TIV ushbu ma’lumotni tasdiqlagandi. 7-aprelda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan o‘lgani ma’lum qilindi. Keyinroq Nyu-Yorkdagi uchinchi qurbon mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani oydinlashdi. 17-aprelda Rossiyada 39 yoshli o‘zbekistonlik bemor koronavirus sabab hayotdan ko‘z yumgan va shu tariqa xorijda COVID-19’dan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 4 nafarga yetgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 135 | Добавил: Admin | Теги: Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba yi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close