Ср, 21.08.2019, 03:40
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2675]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 260
Мини-чат
Статистика


Argentinalik ayol guruch dalasi orasida g‘alati mavjudotning tanasiga duch keldi va qo‘rqib ketdi. Mavjudot lepidosiren yoki Amerika tanga balig‘i bo‘lishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.

Mariya Xuliya Kandotti Santa-Fe provinsiyasining San-Xavyer shahri yaqinida mavjudotga duch kelgan. Ayolning ta’kidlashicha, ilonbaliqqa o‘xshab ketadigan, biroq ajinli teri va odam tishli maxluqqa avval ham duch kelgan.

“U daryodan suzib o‘tib, guruch dalasiga chiqib qolgan. Bu nima ekanligini bilmaymiz, biroq yana bitta shunaqa mavjudotni topdik… Ehtiyot bo‘ling!” — deb yozdi Kandotti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Ko‘lshunoslik milliy institutining olimi Pablo Skarabotti topilma lepidosiren ekanligini ma’lum qilgan. Bu mavjudot o‘pkasi orqali ham, jabrasi orqali ham nafas olishi mumkin. “Ular loyda kichik g‘orlarni qurib, u yerdan yuqoriga chiqmasdan ikki—uch yillab ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 24.02.2019 | Комментарии (0)

24.02.2019 в 20:12
Yoshlarning eng sevimli guruhlaridan biri – «Ummon» tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi. Guruh asoschilaridan biri uni tark etdi.

Guruh muxlislari bu xabarga ishonishni xohlamay, xonandalarni ijtimoiy tarmoqlarda savollarga ko‘mib tashladilar. Bu xabarni guruh vakillaridan biri tasdiqladi. «Ummon» guruhining a’zosi Shohruh ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarining birida bu xabarni tasdiqlovchi izoh qoldirgan.



Guruh 2007 yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga «Jazo» guruhi deb nomlangan, ko‘plab salbiy fikrlardan so‘ng «Ummon»ga o‘zgartirilgan. «Ummon» guruhi ilk marta 2010 yilda «Turkiston» saroyining yozgi maydonida konsert bergan. Guruhning «Qanday unutding», «Aldangan qiz», «Yettinchi qavat», «Do‘st», «Boylik» kabi taronalari xit darajasiga ko‘tarilgan.
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 05.08.2018 | Комментарии (0)

05.08.2018 в 21:50
Aprel oyi oxirida Rossiyaning bir nechta hududiga qish o‘z hukmini o‘tkazdi. Kirovda o‘tgan hafta oxirida qor yog‘a boshladi, dastlabki 36 soatdayoq 53 mm — oylik me’yorning deyarli 156 foizi yog‘di. Hozir komunnal xizmatlar yo‘llarni tozalamoqda, qor uyumlarini olib chiqib ketmoqda, biroq ular hamon shahar ko‘chalarida bor, deb yozadi National Geographic.

Ob-havoning keskin sovishi Skandinaviya shtorm siklonining harakatlanishi bilan bo‘g‘liq. U dastlab shimoli-g‘arbiy va Moskva mintaqalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, endi esa Uzoq Sharq va Ural federal okrugida qor yog‘moqda.

24-aprel kuni Yekaterinburgga deyarli yarim oylik qor yog‘di; bir smena oqshomida 500 tonnadan ortiq qor poligonlarga olib chiqib ketildi.





... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 26.04.2018 | Комментарии (0)

26.04.2018 в 14:16
Joriy yilning 26 mart kuni Hindistonda bo‘lib o‘tgan “Miss Supermodel Worldwide 2018” xalqaro madaniyatlar almashinuvi konkursi finalida o‘zbekistonlik Zarina Andirjonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi bo‘lgan Zarina Andirjanova 1999 yil Toshkentda tug‘ilgan. Millati tatar. Ayni damda 19 yoshni qarshilagan Zarina o‘z orzusi bo‘lmish modellik faoliyatini boshlab ulgurgan.









... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 30.03.2018 | Комментарии (0)

30.03.2018 в 06:52
«Telegram» messenjeri ommalishib ketganligi bois undagi foydalanuvchilar va kanallar soni geometrik progressiya shaklida ortib bormoqda. Dasturchilar saralash funksiyasini hali qo‘shishga ulgurmagani uchun ayni vaqtda ko‘pchilikning kontaktlari aralash-quralash bo‘lib yotibdi. Biroq chatlarni yashirib qo‘yish usuli ham bor.

«Telegram»dagi chatlarni berkitib qo‘yish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

asosiy sozlamalarga kiring;
klaviaturani ingliz tiliga o‘tkazing;
«workmode» so‘zini terib, «enter» tugamasini bosing. Shunda ushbu amalni tasdiqlang degan xabar keladi;
OK tugmasini bosing.



Dastur o‘zi o‘chib yongach, kontaktlar ro‘yxatida «Hide muted chats» tugmasi paydo bo‘ladi. Uni bossangiz ro‘yxatdagi kanallar yo‘q bo‘ladi. Ularni qaytarish uchun yana o‘sha tugmani bosasiz. Rejimdan chiqib ketish istag ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 09.03.2018 | Комментарии (1)

09.03.2018 в 07:25
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘z tanishlarinining fotosuratlari orqali izlab topish va ustiga bir marta bosish orqali do‘stlarni qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari inson fotosurati orqali avtomatik qayd etish xizmatidan foydalanmoqdalar. Mazkur xizmat kompyuterning ko‘rish zehni va neyrotarmoqlar negizida yuzni tanish texnologiyasi yordamida tashkil etilgan.

Yuzni tanish tizimi orqali foydalanuvchilar yaqinlari bilan o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishlari uchun yanada kengroq imkoniyatlar yuzaga keladi, shuningdek birgina yuklangan fotosurat yordamida boshqa shahar va mamlakatlarda yashaydigan tanishlari yoki qarindoshlarini topa olishlari mumkin bo‘ladi.

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 09.03.2018 | Комментарии (0)

09.03.2018 в 07:21
Dunyodagi eng yirik zaharli ilon – qirol kobrasining dunyodagi eng yirik ilon – bo‘g‘ma ilon bilan olishuvi ikkisi uchun ham ayanchli yakunlandi. Olishuvda ilonlardan hech biri omon qolmadi. Ushbu olishuvning ayanchli yakuni tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda jadal tarqaldi.

Ushbu surat Imgur portalida joylashtirilgan. Surat muallifining aytishicha, u Janubi-Sharqiy Osiyoda olingan. Surat 250 mingdan ko‘proq marta tomosha qilingan va 7 mingdan ko‘proq “layk” to‘plagan. Suratga izoh berganlarni nafaqat o‘lik ilonlar, balki atrofdagi chiqindilar ham hayratga solgan.

“Ko‘p tabiat va ko‘p plastik. Zamonaviy hayot afsuski shunday”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.

“Menga shu yerga bormasligim uchun uning aniq manzili kerak”, deb hazil qilgan yana bir foydalanuvchi.

Manba: Zamin.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 04.02.2018 | Комментарии (0)

04.02.2018 в 11:37
Турк сериаллари ихлосмандларининг “севимли рўйхати”ни яна биттага кўпайтирган “Севги изтироби” сериали ўз қаҳрамонлари билан томошабинларнинг кўнглидан жой олиб улгургани аниқ. Улардан бири жавобсиз севгига дуч келган салбий қаҳрамон Амир роли...
2015 йил режиссёрлар Хилол Сарал ва Экин Пандир турк актёри Каан Урганджиоглуни “Севги изтироби” драмасига таклиф этишади. Каан ролини шу қадар маҳорат билан ишончли ўйнаганки, гўё Амир ҳаётда бордек таассурот қолдиради... — Кино оламига қандай келиб қолгансиз?
— Оилавий дўстимиз Демет Акбар “Караоглан” сериали бош қаҳрамонига мени тавсия қилган, бари шундан бошланди. Сўнг актёрлик ҳаётим мазмунига айланди. Сўнг Мармара университетининг иқтисодиёт факультети талабаси бўлдим. Лекин ҳам ўқиб, ҳам “Лаънатланган йўл” сериалида суратга тушишни давом эттирганман.
— Мақсадингиз машҳурликми?
— Йўқ! Машҳур ва таниқли бўлиш мутлақо қизиқ эмас. Мен учун муҳими роль ўйнаш, бундан завқ оламан. Актёрлик ҳеч қайси касбга ўхшамайди ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 17.12.2017 | Комментарии (0)

17.12.2017 в 18:47
O`zbek estradasida qisqa fursat ichida o`z muxlislariga ega bo`lishga muvaffaq bo`lgan guruh VIA "Maroqand"xonandalaridan biri bugun turmush qurmoqda.

Bugun, 7 avgust kuni guruh yakkaxoni Rashid bo`ydoqlik bilan xayrlashmoqda.



Ma`lumotlarga ko`ra, Rashid Ominaxon ismli qizga uylanmoqda.

"Voybu.net" jamoasi nomidan Rashid va Ominaxonga baxt tilaymiz!
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 07.08.2017 | Комментарии (0)

07.08.2017 в 12:02
Ma`lum bo`lishicha, yurtimiz kinoijodkorlari «Ahmadboy va Rahmatboy» nomli kinokomediyaga qo`l urishgan. Ushbu film barchaga mashhur o`sha firibgar Ahmadboy voqeasidan hikoya qiladimi? Ushbu savolga javob olish uchun kinoijodkorlarga murojaat qildik.

Film prodyuseri esa bu sirligini, film haqiqattan firibgarlik haqida bo`lib, bunga filmni ko`rgach muxlislarning o`zlari baho berib, nima haqidaligini bilib olishadi, deya javob bermoqda.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi buyurtmasi bilan rejissyorlar Jur`at Sotiboldiev hamda Saidpo`lat Hakimovlar tomonidan suratga olingan mazkur super kinokomediyaning premera kuni ma`lum bo`ldi.

«Dilshoh media» kinokompaniyasi rahbari, film prodyuseri Mahmud Erkaboevning so`zlariga ko`ra, filmning suratga olish ishlari qishning eng sovuq kunlarida boshlangan bo`lib, uning premera kuni esa yoz faslining eng issiq kunlariga to`g`ri keldi. Film premerasi 13 iyul kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo`lib o`tadi.
< ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 10.07.2017 | Комментарии (0)

10.07.2017 в 16:26
Tayvanda yillar o`tgan sari qarimaydigan ayollar oilasi yashashi aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur oilada nafaqat uch opa-singil, balki ularning onasi ham juda yosh ko`rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda avvaliga 41 yoshda bo`lsa-da, 16-17 yoshli qizni eslatuvchi interer dizayner Luje Su mashhur bo`ldi. Keyinchalik uning 40 yoshli Feyfey va 36 yoshli Sheron ismli singillari ham juda yosh ko`rinishi ma`lum bo`ldi. Ularning 63 yoshli onasi ham 30 yoshli ayolni eslatadi. Bu ayollar o`zlarining yosh ko`rinishlari bilan Internet yulduzlariga aylandi. Ayollarning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida yuz mingdan ortiq kuzautvchisi mavjud. Tayvan OAVlari ularni “Vaqtni to`xtatib qo`ygan oila”, deb atadi. Opa-singillar yosh ko`rinish uchun hech qachon shirin ichimliklar iste`mol qilmaslik, ko`proq suv ichish, meva eyish va yuz terisini quyoshdan himoya qilish lozimligini ma`lum qilishdi.

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 02.07.2017 | Комментарии (0)

02.07.2017 в 13:36
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Azucar Moreno brendining yangi to`plami uchun fotosessiyada ishtirok etdi.

Brendning aksariyat liboslari milliy matolardan tikilgan. Ularda milliylik bilan birga zamonaviylik ham mujassamlashgan.

Aytib o`tish kerakki, Zarina mazkur brendning yuzi hisoblanadi, avvalgi fotojamlanmalarda ham aynan Zarina suratga tushgan edi.


... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 25.06.2017 | Комментарии (0)

25.06.2017 в 17:32
Yevropaning MSC Cruises kompaniyasi dunyoda eng ko‘p yo‘lovchi ketadigan sayohat kemasini qurish borasidagi rejasi bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi Daily Mail.

MSC Cruises STX France korporatsiyasi bilan hamkorlikda 2022-yilga qadar 2760 ta bo‘lmaga 6850 nafar yo‘lovchi sig‘adigan kemani yaratish niyatida. Hozirda dunyodagi eng katta sayohat kemasi Harmoniy of the Seas bo‘lib, unga 6780 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.



Yangi MSC Cruises kemasining suv hajmi 200 ming tonnani tashkil etadi. Kompaniya matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, kemaning uzunligi 330 metr, eni 47 metr bo‘ladi.

2022—2024-yillarga qadar bu kabi kemalardan umumiy miqdorda to‘rtta tayyorlanadi. MSC Cruises 2026-yilga borib ushbu sayohat kemalaridan yana uchtasini qurishni rejalashtirmoqda.

Ushbu kemalar Y harfi shaklida qurilib, yo‘ ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

08.06.2017 в 12:32
Nyu-yorklik gulchi va dizayner Lyuis Miller bir necha oy davomida shaharga gulli kompozitsiyalarni joylashtirib chiqdi, buni u megapolisni his-tuyg‘ular yordamida jonlantirish maqsadida amalga oshirdi, deb yozadi TJournal.

O‘z kampaniyasi doirasida u ko‘chadagi haykallarni, shuningdek, oddiy axlat qutilarini gullar bilan bezatdi.



Kompozitsiyalar atirgul, kartoshkagul va orxideyalardan tashkil topdi, ammo tarkibi va hajmi bilan farqlandi.





Ba’zi guldastalar oddiy sotuvda 10 ming dollargacha ham turishi mumkin edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 11:11
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi sahifasiga yangi fotosuratlarini joyladi. “Darakchi.uz” yozishicha, mazkur suratlarda aktrisaning rassomlik va dizaynerlik sohasidagi faoliyatiga ko‘proq urg‘u berilgan.













Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 12.05.2017 | Комментарии (0)

12.05.2017 в 09:12
Mening Yurtim (MY5) telekanilada namoyish etilayotgan "Baxt Qasri" hind serialidan fotolar. Saytimizni kuzatip boring ushbu serial haqidagi yangiliklarni birinchi bo'lib bizni saytimizdan olishingiz mumkin.













... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 05.05.2017 | Комментарии (0)

05.05.2017 в 12:56
AQShning Ogayo shtati Menfild shahridagi “Shoushenkdan qochish” filmi sahnalarining birida foydalanilgan eman daraxti kesildi. Daraxt to‘nkasi 8-aprelda arralab tashlandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Daraxtni kesish haqidagi qaror 2016-yil iyul oyida kuchli shamol uni sindirganidan so‘ng qabul qilingan. Daraxt joylashgan hudud egalaridan biri Den Disning aytishicha, daraxt bu joyni ko‘rishga kelgan film muxlislari va sayyohlar uchun xavf tug‘dira boshladi.



Dis kesilgan daraxt to‘nkasini sotishdan bosh tortdi. Avvalroq daraxtning bir qismi hudud yaqinida joylashgan Mensfild qamoqxonasiga olib borilgan. Mazkur axloq tuzatish muassasasi aslida mavjud bo‘lmagan Shoushenk qamoqxonasini filmda aks ettirgan.

Filmning bosh qahramoni Endi Dyufreyn (Tim Robbins) qamoqxonadan qochib, daraxt ostida do‘sti Redga (Morgan Friman) maktub qoldiradi. Red ozodlikka chiqqandan so‘ng m ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 11.04.2017 | Комментарии (0)

11.04.2017 в 12:51
AQShning Jorjiya shtatida istiqomat qiladigan Keyt ismli qiz qisqa fotosessiya uchun ota-onasining yotoqxonasi va vannaxonasiga ot olib kirgani haqida Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TJournal.

Keyt kollejdan ta’tilga chiqqanida uyiga kelib, noan’anaviy narsalarga qo‘l urmoqchi bo‘ldi. Qizning ota-onasi butun kunga uydan chiqib ketganida, Keyt uy ichida otni olib kirdi. Tulpor iz qoldirmasligi uchun uning tuyog‘ini mato bilan bog‘ladi va bir necha daqiqa ichida suratlar oldi.

Keyt ota-onasini kuldirish uchun selfilarni onasiga yubordi, ammo ota ushbu suratlar haqida 2 yilcha bilmadi. Qiz Twitter’da izoh qoldirganlarga u ota-onasining uyiga otni birinchi marta olib kelmagani haqida aytdi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 08.04.2017 | Комментарии (0)

08.04.2017 в 16:25
Yoshgina qizlar o‘z tasavvurlaridagi go‘zallikka erishish uchun nimalar qilmaydi, deysiz. Go‘zallik ortidan quvgan qizlarning aksariyati hatto salomatliklarini ham xavf ostiga qo‘yadi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Rossiyaning Rostov-Don shahrida yashovchi 19 yoshli qiz changyutgich trubasini lablariga bir daqiqa qo‘yib turdi. Kuchli og‘riqni sezganidan keyingina u texnikani elektrdan uzdi.

“Natija qiz kutgandek bo‘lmadi. Lablari shishib ketganini ko‘rgan qiz tez yordam chaqirdi. Shifokorlar qizni shifoxonaga olib ketmoqchi bo‘ldi, biroq u bundan bosh tortdi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: Admin | Дата: 29.03.2017 | Комментарии (0)

29.03.2017 в 12:24
Forbes jurnali dunyoning yiliga millionlab sayyohlar tashrif buyuradigan eng ommabop tarixiy yodgorliklari reytingini e’lon qildi.

Tojmahal, Hindiston (XVII asr)

Akropol, Gretsiya (eramizdan avvalgi V asr)



Lalibeldagi qoyali butxonalar, Efiopiya (1200-yillar



Linkoln memoriali, AQSh (1922-yil)



Moskva Kremli, Rossiya (XV asr)



Ozodlik haykali, AQSh (1886-yil)

... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar Foto | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.03.2017 | Комментарии (0)

17.03.2017 в 11:32
1 2 3 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019