Ср, 24.07.2019, 03:11
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2667]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 259
Мини-чат
Статистика


Sevib yeydigan taomingiz nima, degan savolga ko'plab odamlar lavash va burgerlar degan javobni aytadi. Aslida fast fudni suymaydigan odam bo'lmasa kerak, to'g'rimi? Ammo u qorin to'ydirgani bilan organizmni kerakli moddalar bilan ham to'yintira oladimi?
Biz goho vaqt ziqligini sabab qilib fast fud iste'mol qilishni ma'qul ko'ramiz. Fast food (ing.) — o'z nomi bilan tez pishar taom. Qolaversa, qulay hamda mazali. Shu bilan birga, yog' va tuzga boy, hazm bo'lishi qiyin bo'lgan taom sanaladi. Ammo uni uzluksiz tanovul qilishning asl oqibatlaridan hammamiz ham boxabar emasmiz. Keling, mutaxassislar fikriga nazar tashlaymiz.
— Fast fud keltirib chiqaradigan kasalliklarni umumiy tibbiyot tili bilan noinfeksion, ya'ni yuqumli bo'lmagan kasalliklar, deb ataymiz. — deydi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno ODILOVA. — Ammo ular (yuqumli bo'lmagan ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: Вчера | Комментарии (0)

Вчера в 15:50
O'zbekistonda anomal jaziramadan so'ng nihoyat havo temperaturasi pasayadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O'zgidrometga tayanib. Yaqin kunlarda harorat kunduzi +32 daraja issiq, kechasi +18 daraja iliq bo'ladi.
Xususan, Toshkentda havo kam bulutli bo'lib, yog'ingarchiliksiz kechadi. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida bulutli ob-havo kuzatiladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi, havo harorati +36 darajagacha ko'tarilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kam bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kuzatilmaydi, +37 daraja issiq bo'ladi. G'arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7—12 metrni tashkil etadi va 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +40 daraja ko'tarilishi mumkin. 26—28 iyul kunlari kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +33…+38 daraja issiq kuzatiladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida +36 daraja issiq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlarida atigi +27 daraja bo'ladi ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: Вчера | Комментарии (0)

Вчера в 15:46
Bu itning laqabi «greklar Xatikosi». Gretsiyaning Nafpaktos shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda yashaydi. 2017 yil noyabrida egasi 40 yoshli Xaris ismli erkak xuddi o'sha it o'tirgan yerda avtohalokatga uchragan. Vrachlar Xarisning hayotini saqlab qola olishmadi. U halok bo'ldi. Mana, o'shandan beri Xatiko yo'l chetida o'tirgancha egasini kutadi. Quyosh tig'idan ham qochmaydi. Faqat kuchli yomg'ir yog'sa uychasiga vaqtincha kirib oladi. To'xtashi bilan tag'in yo'l chetiga chiqib o'tiradi. U bir kun kelib egasi yuz ko'rsatishiga, o'zi bilan olib ketishiga qattiq ishonadi. Mahalliy ahvoli vakillari itni ko'p marotaba uyiga olib ketib, ovqat berishdi, saqlab olishga harakat qilishdi. Lekin it ertasi kuniyoq har qanday yo'l bilan bo'lmasin, qochib avtohalokat yuz bergan yo'l chetiga qaytaverdi. Oxiri odamlar rahmi kelib o'sha yerga uycha qurib berishdi. Har kuni navbati bilan Xatikoga suv, ovqat olib keladigan bo'lishdi.
Xudo biladi. It yana qancha vaqt egasini kutadi. Lekin hayvon ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.07.2019 | Комментарии (0)

21.07.2019 в 09:57
15-iyul kuni Toshkentning Yunusobod tumanida 14 yoshli Mohinur B. kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB. Qizni avvalroq oftob urgan, ammo uning oqibati darhol sezilmagan.

Ertasi kuni ertalab uning mazasi qochib, hushini yo‘qotgach, ota-onasi uni tibbiy muassasaga olib kelgan.

IIBB jaziramada ehtiyot choralarini ko‘rib, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanishni so‘raydi. Uzoq vaqt davomida quyosh ostida qolsangiz va o‘zingizni yomon his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 17.07.2019 | Комментарии (0)

17.07.2019 в 13:26
Dunyo bo‘yicha jaziramali kunlarda oftob urishidan minglab insonlar jabrlanadi, ko‘plab kishilar halok bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

2013-yilning iyul oyida Yaponiyada haroratning keskin oshib ketishi natijasida oftobdan jabrlangan 4000 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Shulardan 6 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 8 kishining ahvoli juda og‘ir deb baholangan. Yaponiyadagi bunday holat havo harorati 35—39 daraja bo‘lganda kuzatilgan.

Hindistonda odatda issiq keladigan may, iyun oylarida 2013-yilda 500 kishining, 2015-yilda esa havo harorati oxirgi 15 yilda birinchi marta 45 darajagacha, Machilipatnam va Tuni shaharlarida 47 darajagacha, Olloxobod (Uttar-Pradesh) shahrida 48 darajagacha ko‘tarilishi hisobiga, 1370 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Oftobdan jabrlanganlarning ko‘pligi bois favqulodda vaziyat holati e’lon qilinib, ta’tildagi shifokorlar ham chaqirib olingan.

2015-yilning iyun oyida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi oqibatida Pokistonnin ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 17.07.2019 | Комментарии (0)

17.07.2019 в 13:24
Tojikistonning Varzob tumanida yashovchi J. A. ismli 19 yashar qiz hamqishlog'i, qo'shnisi 23 yoshli D. S. degan yigit nomusini bulg'agani, agar birovga arz qilsa, yomon bo'lishini aytib qo'rqitganini bayon qilib tuman militsiya bo'limiga shikoyat arizasi taqdim etgandi. Ammo qo'shni yigit qizning ayblovini tan olmadi. U aytdiki, nima bo'lsa, qizning roziligi bilan bo'lgan. Militsiya xodimlari ushbu shikoyat arizasi yuzasidan zarur hujjatlarni tayyorlab qo'yishgan. Lekin amaliy ishga o'tishgani yo'q. Ta'kidlashdiki, ikki tomon muammoni tinchlik yo'li bilan hal qilishini kutishmoqda.
Qizning gapiga qaraganda, bu voqea 5 oy burun sodir bo'lgan. O'sha kuni qiz 2 yashar jiyani bilan uyda yolg'iz ekan. Qo'shni yigit D. S. kirib kelibdi-da, qomati unga juda yoqishini aytib xushomad qila boshlabdi. Qiz unga «Siz akam o'rnidasiz. Bu nima deganingiz?» deya javob qaytargan. Lekin yigit qizning qarshi so'zlariga e'tibor qilib o'tirmagan. Qarshilik ko'rsatishga qizning kuchi yetmaganmish. < ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.07.2019 | Комментарии (0)

09.07.2019 в 17:02
Samarqand tumanida bog‘cha mudirasi 15 yil davomida o‘zining 6 nafar qarindoshiga oylik ish haqi yozib, ularning o‘rniga o‘zi imzo qo‘yib, pulini olib yurgani aniqlandi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Muhabbat Oripova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mansab mavqeini suiiste’mol qilib, ko‘p miqdorda byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilib, qonunga xilof ish ko‘rgan.

O‘tgan yili mazkur muassasadagi tekshiruvlar davomida bu yerda qo‘shib yozish, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi jinoyatlar fosh etildi. Masalan, Xolida Rasulova 2005-yil fevral oyida ushbu muassasaga tarbiyachi bo‘lib ishga kirgan, 2012-yilga qadar ishlagan, shu yil shtat qisqarganligi uchun ishdan ketgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, 2014-yil may oyidan 2018-yil fevral oyigacha 20 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni mudira soxta imzo chekib, o‘zi olgan.

Tekishirish jarayonida X.Rasulova imzo uniki emasligi, shuncha miqdordagi pulni olmaganligini to‘g‘ri ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 03.07.2019 | Комментарии (0)

03.07.2019 в 14:41
Farg‘ona davlat universitetiga oliy ma’lumotga ega bo‘lish istagidagi 72 yoshli erkak hujjat topshirdi. Bu haqda milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qayd etilishicha, 72 yoshli otaxon til va adabiyot yo‘nalishida, kunduzgi bo‘limda o‘qish istagini bildirgan.

“Farg‘onaga o‘zim borib, qabul komissiyasi a’zolari bilan suhbatda bo‘ldim. 72 yoshli fuqaro oliy ma’lumot olish istagini bildirgan.

Hozirgi qonunchilik hujjatlarimizda OTMda o‘qish uchun yosh chegarasi ko‘rsatilmagan. Istalgan yoshdagi fuqaro oliy ta’lim olish istagida biron oliygohga hujjat topshirishi va hamma qatori test sinovlarini topshirib talaba bo‘lishi mumkin”, — deydi Barno Rajabov.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 16:38
2019 yil 1 iyuldan kira qilish uchun mashinani bo'yash shart emas. Yo'nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) o'zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo'l qo'yiladi, ularni bo'yash shart emas.

Yo'nalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakat yo'nalishida harakatlanishi hamda “To'xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to'xtashi mumkin.

Xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar bir ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 16:03
Yevropada anomal issiq havo tufayli 29-iyun kuni 8 kishi halok bo‘ldi. Вu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yuqori darajadagi ob-havodan eng ko‘p Fransiyadagilar aziyat chekkan, bu yerda 4 kishi halok bo‘ldi. Italiya va Ispaniyada esa 2 kishidan halok bo‘lgan.

28-iyun kuni Fransiyada sinoptiklar insoniyat tarixidagi mutlaq rekord darajadagi haroratni qayd etgan.

Gallarg-le-Montyue kommunasidagi termometr Selsiy shkalasi bo‘yicha +45,9 darajagacha ko‘tarilgan.

Bunday anomal issiqlik, shuningdek, Italiya va Fransiyada keng ko‘lamdagi o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:57
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati kompaniya boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirilganini xabar qildi.

Joylarda muammo va vazifalarni tezkor hal etish, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini bevosita nazorat qilish dasturining amalga oshirilishi uchun ushbu qarorga kelindi, deyiladi xabarda.

Endi kompaniya boshqaruvi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy manzilida joylashgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:56
Toshkent shahar chegarasi kelajakda yana 18 ming gektar maydonga kengayishi mumkin. Bu haqda Toshkent hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatovga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Hidoyatov aytishiga qaraganda, hozir Toshkent shahrining umumiy hududi 33 ming gektarni tashkil qiladi. Yangi qo‘shiladigan maydon shaharni yana 60 foizga kengaytiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Yangi Toshkent” poytaxtning Sharqiy tomonidan, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashadi. Biroz oldin Britaniyaning Benoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi shahar virtual loyihasi namoyish etilgan edi. Ayni damda xitoylik me’morlar taklifi ham ishlab chiqilmoqda.

“Yangi Toshkent”da ma’muriy hudud, markaziy biznes hududi, savdo hududi va aeroport zonasi bo‘ladi. Yangi shaharda umumiy hisobda 2 millionga yaqin kishi yashashi mumkin bo‘ladi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2019 | Комментарии (0)

01.07.2019 в 15:54
2020—2025-yillarda kompleks uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3993 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.

“Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 16 qavatli, ko‘p kvartirali 468 ta uy, Nukus shahrida va viloyat markazlarida 12 qavatli 504 ta uy-joy qurilishi va tuman markazlarida 3021 ta to‘rt qavatli va undan yuqori uylarni qurish rejalashtirilgan”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Hoshimovga ko‘ra, bugungi kunda “Toshkent-Siti” namunasida “Olmazor-Siti”, “Yunusobod-biznes Siti”, “Mirzo-Ulug‘bek-biznes Siti”lar, viloyatlarda ham shunday obyektlarni qurish, ya’ni “Nukus-Siti”, “Andijon-Siti”, “Buxoro-Siti”, “Qarshi-Siti”, “Namangan-Siti” va “Samarqand-Siti”larni barpo etish rejalashtirilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 27.06.2019 | Комментарии (0)

27.06.2019 в 19:42
Joriy yilning 21-iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, “Xayriya” MChJga qarashli qurilish firmasi ishchisi, 33 yoshli B.Q. yuqoridagi MChJ tomonidan qurilayotgan namunali uyda, o‘zaro janjal oqibatida birga ishlagan sherigi, Farg‘ona viloyatida yashagan, 63 yoshli X.R.ning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Natijada X.R. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. B.Q. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.06.2019 | Комментарии (0)

24.06.2019 в 07:29
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Gulobod mahallasida yashovchi Gulnor Qo‘ziyeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) ichki ishlar idorasiga murojaat etib, kunduzi soat 10:00 dan 12:30 gacha bo‘lgan vaqtda uyida yo‘qligidan foydalanib, noma’lum shaxs eshik qulfini buzish yo‘li bilan o‘g‘rilik qilganini xabar beradi, deb yozadi O‘zA.

Shu kuni 67 yoshdagi momoning uyidagi sandig‘i ichida bo‘lgan 100 dollar va 1 million 300 ming so‘m puli, narxi 7 million 500 ming so‘mlik tilla zanjiri, 3 million 250 ming so‘mlik tilla bilak uzugini, 2 million 750 ming so‘mlik bir juft kitobsirg‘a nomli ayollar tilla taqinchog‘i, 5 million 250 ming so‘mlik ayollar tilla munchog‘i, narxi 2 million 500 ming so‘mlik tilla kuloni, har biri 1 million 500 ming so‘mlik 2 dona qizil ko‘zli ayollar tilla uzugi o‘g‘irlanganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida o‘g‘ri ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi. Qizig‘i u begona emas ekan. G.Qo‘ziyevaning tumandagi Shaffof mah ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 24.06.2019 | Комментарии (0)

24.06.2019 в 07:28
12-iyun kuni Samarqand shahridagi U.Jo‘raqulov va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan xiyobondagi archalar orasidan osiyo millatiga mansub, 55—60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan edi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli Z.N o‘zaro janjal oqibatida marhum M.Nning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olib, voqea joyida vafot etganligi aniqlanib, Z.N qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.06.2019 | Комментарии (0)

18.06.2019 в 15:21
2019-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli A.N. ismli ayol tanishi 28 yoshli F.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik o‘g‘il chaqaloqni “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.06.2019 | Комментарии (0)

18.06.2019 в 15:17
O'zR Vazirlar Mahkkamasining 2019 yil 11 iyundagi 488- va 489-sonli qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi.

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Filiallarda o'quv jarayoni 2019/2020 o'quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o'qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

QarDUning Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.

Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilari o'qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o'quv jarayonini davom ettiradi.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 15.06.2019 | Комментарии (0)

15.06.2019 в 08:02
Kanzas politsiyasi issiq mashinada bir necha soat qolib ketib, halok bo‘lgan uch oylik qizaloqning ishi bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi Forum Daily.

Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, bolakayning onasi 8-iyun soat 16:30 lar atrofida yordam so‘rab murojaat qilgan. Qutqaruvchilar yetib kelganida bolakay nafas olmayotgan bo‘lgan va voqea joyida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

KidsandCars.org notijoriy tashkilotining ta’kidlashicha, mazkur noxush holat joriy yil AQShda issiq mashina ichida halok bo‘lgan 11-bolakay hisoblanadi. O‘tgan yili bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning 52 tasi qayd etilgan.
Категория: Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:29

Jahon iqtisodiy forumining Twitter’dagi sahifasida dunyoning eng qudratli shaharlari reytingi paydo bo‘ldi. 1692,3 ball bilan London birinchi qatordan joy egalladi deya xabar bermoqda rb.ru.

Ikkinchi o‘rinni esa Nyu-York 1565,3 balli ko‘rsatkich bilan qo‘lga kiritgan.Tokio (1462) yetakchilar uchligi oxirida.

Parij va Singapur ham beshlikka kirgan. Ro‘yxatning oltinchi o‘rnida Amsterdam, yettinchi o‘rnida esa - Seul. Berlin, Gonkong va Sidney keyingi o‘rinlardan navbatma-navbat joy egallashdi. Moskva o‘nlikka kirmagan.

Mori fondining Shahar strategiyalari instituti har yili iqtisodiyot, tadqiqot va ishlanmalar, madaniy hamkorlik, hayot uchun moslik, atrof-muhit va qulayli ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 12.06.2019 | Комментарии (0)

12.06.2019 в 11:05
1 2 3 ... 133 134 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Корзина
Ваша корзина пуста
Поиск
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019