Вт, 18.06.2019, 00:14
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2650]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 255
Мини-чат
Статистика


17:50
Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘ladi
2019−2020-o‘quv yilidan yagona maktab formasi joriy etiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 15-avgust kuni bu haqdagi qarorni tasdiqlagan edi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Yakuniga yetgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qaror bilan tasdiqlangan formani kiyish ixtiyoriy edi. Yangi o‘quv yilidan esa yagona formani kiyish majburiy bo‘ladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantiradi. Respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalari tashkil etilib, ularning joylashish manzillari ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Maktab formasining narxini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning o‘zi erkin bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holatda belgilaydi.

Ishlab chiqaruvchilar ota-onalardan hali tikilmagan maktab formasi uchun bo‘nak (avans) mablag‘larini yig‘ish mumkin emas.

Maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvi qat’iyan taqiqlangan. Ota-onalar yangi formani tashkil etiladigan savdo shahobchalaridan sotib olishi lozim.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 108 | Добавил: Admin | Теги: Yangi o‘quv yilidan yagona maktab f | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Корзина
Ваша корзина пуста
Поиск
Календарь
«  Май 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019