Вт, 17.07.2018, 06:46
Приветствую Вас, Mexmon

17:40
Xotini urgani uchun er 102 raqamiga qo'ng'iroq qildi
Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib 102 raqamiga qo'ng'iroq qildi.

“Tumanimizning “Istiqlol” mahallasida yashovchi Baxtiyor Arziqulov 102 raqamiga qo'ng'iroq qilib qat'iy ohangda ichki ishlar xodimlarining himoya qilishlarini so'radi, deb yozmoqda Zarnews. Axir, Nigora Tosheva eri Baxtiyor Aliqulovni yomon urib, tan jarohati yetkazibdi.

Nigora baquvvat xotin bo'lsa kerakki, erkaklar undan himoyalanish uchun chetdan madad so'rayapti”, deb yozadi “Paxtakor ovozi”.

Nashrning yana bir xabarida boshqa bir erkak kelini ustidan shikoyat qilib 102 ga qo'ng'iroq qilibdi.

“Yonariq”lik Gulnoza Uzoqovaning erining uyida qilgan janjali qaynotasi o'takasini yorgan shekilli, o'g'li qolib, o'zi ichki ishlar bo'limiga murojaat qilib, kelini dastidad “dod” dedi. Ishqilib, “zaif”gina erkak zoti qattiqroq shikast yemagan bo'lsa bo'ldi, deb yozadi B.Sodiqova – maqola muallifi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 112 | Добавил: Admin | Теги: Xotini urgani uchun er 102 raqamiga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar