05:22
Xorazmda mutasaddi rahbarlar nega 75 yoshli onaxonni yig'latgan?

“You Tube” saytida «Xorazmning Tuproqqal'a tumanida qonun bormi yoki … Tuproqqal'a tumani “Muhabbat” mahallasida 75 yoshli onaxonni yig'latgan mutasaddi rahbarlar qaerga qarashyapti? Qonuniy hujjat mavjud, lekin hech kim e'tibor bermagan”, – deb nomlangan video tarqalgandi. Xorazm viloyat prokuraturasi mazkur holat bo'yicha bayonot berdi.

«O'rganishda aniqlanishicha, Xorazm viloyati Drujba shahar (hozirgi Tuproqqal'a tumani) hokimining 05.12.1997 yildagi  357-sonli qarori bilan Drujba shahar, Isayev ko'chasi, 1-uyda yashovchi Matmuratov Roxmonberganga, ya'ni murojaat muallifi Matmuratov Islom Raxmonovichni otasiga, sotib olish sharti bilan 400 kv. metr yer maydoni ajratib berilgan va ushbu yer maydonda R.Matmuratov tomonidan o'sha paytda noturar bino qurilgan.

Murojaatda bayon qilingan R.Matmuratovning yashash uyi (oldin noturar bino bo'lgan)ning yon va orqa tomonlaridagi 3.200 kv. metr yer maydondagi qarovsiz yotgan va ekin yerlari sirasiga kirmagan maydonga mevali daraxtlar I.Matmuratovning otasi R.Matmuratov tomonidan ekilgan bo'lib, ushbu bog'ni R.Matmuratov va uning o'g'li I.Matmuratovga tegishli ekanligini tasdiqlovchi huquqiy hujjatlar mavjud emas.

Murojaatda tanqid ostiga olingan ushbu yer maydonlari “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishilib, 2019 yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan shaxslarga “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron auksion savdosiga joylashtirilib sotilgan.

Keyinchalik ushbu yer maydonlarini sotib olgan 4 nafar shaxslar murojaatda bayon qilingan mevali daraxtlarni tegishli tashkilotlarni ruxsatini olmasdan kesib tashlab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun bino qurganliklari sababli, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar va ulardan tabiatga yetkazilgan zararlarni undirilishi ta'minlangan.

Shuningdek, murojaatda bayon qilingan Tuproqqal'a tuman hokimligi bosh yuristkonsulti A.Abdullayev 27.09.2020 yilda ushbu auksionda sotilgan yer maydonlarini sud orqali I.Matmuratovga qaytarib olib berishini aytib, firibgarlik yo'li bilan 6.500 AQSh dollarini qo'lga kiritganligi holati bo'yicha A.Abdullayevga sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlangan.

Bundan tashqari, I.Matmuratovni yashash uyini derazalarini 14.10.2020 yilda noma'lum shaxslar tosh otib sindirganligi holati bo'yicha Tuproqqal'a tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan va noma'lum shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka oid ish qo'zg'atilgan», deyiladi bayonotda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Admin | Теги: Xorazmda mutasaddi rahbarlar nega 7 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close