16:15 Xitoylik ishchi 70 million yil avvalgi dinozavr tuxumlariga duch keldi | |
Xitoylik ishchi Guandun provinsiyasining Foshan shahrida 70 million yil avvalgi 5 ta dinozavr tuxumiga duch keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Arxeologlarga ko‘ra, topilma Bo‘r davri oxirlariga mansub (145—66 million yil oldin). Tuxum radiusi 13—14 santimetr, po‘stlog‘ining qalinligi esa 2 santimetrni tashkil etadi. U o‘txo‘r dinozavrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Xitoy janubida landshaft shakllanishi va iqlim o‘zgarishlariga aniqlik kiritishga imkon beradigan topilma Foshandagi Nanxay muzeyiga topshiriladi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|