VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

06:19
Xitoylik erkak xotinini tug'ruqdan so'ng semirib ketgani uchun tashlab ketdi…
Xitoylik Lyu Yaszyuan ismli ayol tug'masidan oldin atigi 50 kilogramm vaznga ega edi. Tug'ruqdan so'ng qisqa fursatda semirib ketdi. Vazni 90 kilogrammgachani tashkil etdi-qo'ydi. Eri esa semirib ketgan xotini bilan ajrashish uchun sudga ariza berdi-yu, tashladi-ketdi. Unga xotinining ozg'inlikdagi ko'rinishi yoqarkan. Hozirgisini ko'rishga ko'zi yo'qmish.

— U meni erkalab, suyib charchamasdi, — deydi Lyu ko'ziga yosh olib. — Mana, undan tug'ilgan bola ikki yosh bo'ldi. Hali biror marta hech bo'lmasa bolasidan xabar olishga yaramadi…

Afsus, ayolning semirishi bekorga emaskan. Vrachlar tekshirib ko'rib u jigar yog'li gepatoziga uchraganini aytishdi. Xastalikdan xalos bo'lish uchun alohida sport mashg'ulotlariga qatnashi talab etilarkan. Lyu shug'ullanishni boshladi. Tan olib aytishicha, bir necha hafta ichida 10 kiloga yaqin vazn tashlabdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Xitoylik erkak xotinini tug'ruqdan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%