14:44
Xitoylik ayol mashina urib o‘lgan itining qasdini olish uchun 9 ta avtomobilni yoqib yubordi
Xitoyning Szilin provinsiyasi, Chanchun shahrida yashovchi ayol itini mashina urib yuborib o‘lganidan so‘ng kamida 9 ta avtombilni yoqib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shaharda turkum o‘t qo‘yishlar 31-martga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Politsiya yonidan 2 ta yondirgich topilgan ayolni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Mahalliy politsiya vakili Van Yanga ko‘ra, gumonlanuvchi ayol o‘z qilmishini “iti o‘zi yashayotgan hududda oq rangli mashina tomonidan urib yuborilgani” bilan izohladi.

OAVda chop etilgan fotolarda yonib bitgan avtomobillarning barchasi oq rangda ekanligini ko‘rish mumkin.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 607 | Добавил: Admin | Теги: Xitoylik ayol mashina urib o‘lgan i | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close