. Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi - 21 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 15:17
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2876]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


12:51
Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi
Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 899 kishi koronavirus bilan kasallandi, vafot etganlar soni esa 118 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 75 465 kishiga yetgan, vafot etganlar soni esa 2236 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yana 28 804 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida esa bir sutka davomida 631 kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlangan, vafot etganlarning 115 nafari ham ushbu provinsiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-fevral kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19-fevralda Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 35 | Добавил: Admin | Теги: Xitoyda koronavirus oqibatida vafot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020