Сб, 18.08.2018, 05:44
Приветствую Вас, Mexmon

13:48
Xitoyda 118 ta bolani asrab olgan ayol hibsga olindi
Xitoyning sharqida joylashgan Uan shahri hukumati tomonidan 118 ta bolani asrab olgan ayol bir-necha jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, hibsga olindi. Shuningdek, uning xususiy mehribonlik uyini yopishga qaror qildilar.

Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, ayol 1996 yildan bola asrab olishni boshlagan. 2007 yilda u maxsus “Mehr qishlog'i”ga xususiy mehribonlik uyiga asos solgan.

“Murruvatli” ayol hayriyadan tushgan pullar, byudjetdan va homiylar tarafidan berilgan mablag'lardan o'z maqsadlarida foydalangan.

Bundan tashqari, u ota-onasi bilan uyida yashovchi bolalarni ham yetim sifatida rasmiylashtirgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida ayolning bir necha ko'chmas mulki va qimmatbaho avtomobillari borligi aniqlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 157 | Добавил: Admin | Теги: Xitoyda 118 ta bolani asrab olgan a | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar