07:14
Warner Bros “Betgyorl” filmini suratga olishga kirishdi
Warner Bros kinokompaniyasi “Betmen” turkumidagi superqahramon qiz haqidagi “Betgyorl” (Batgirl) filmini yaratishga kirishdi. Bu haqda NME xabar bermoqda.

“Qasoskorlar”, “O‘rmondagi kulba”, “O‘yinchoqlar tarixi” kabi film va multfilmlari bilan tanilgan Joss Uidon yangi kartina prodyuseri, rejissori va ssenariynavisi bo‘ldi.

Filmning aktyorlar tarkibi hozircha oshkor etilmadi. “Betgyorl”da “Betmen” turkumidagi boshqa qahramonlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Betgyorl qahramon sifatida 1997-yilda suratga olingan “Betmen va Robin” filmida paydo bo‘lgan, o‘shanda uni aktrisa Alisiya Silverstoun ijro etgandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 470 | Добавил: Admin | Теги: Warner Bros “Betgyorl” filmini sura | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close