Вс, 22.07.2018, 11:39
Приветствую Вас, Mexmon

08:45
Voronejlik 13 yashar qiz 1000 rublni deb joniga qasd qildi…
Er-xotin qizining dugonasini ularnikidan 1000 rubl miqdorida pul o'g'irlaganlikda aybladi. Bu aybni bo'yniga qo'yish uchun ular qizni mehmonga taklif etishdi. U bilan birga boshqa dugonalar ham tashrif buyurishdi. Ana shunda er-xotin bu qizni pul o'g'irlaganlikda ayblay boshladi. Shunchaki ayblasa mayliydi, ular qizning ustidan ochiqchasiga kula boshlashdi. Shunchaki kulishmadi. Ayolning eri turli sharmandalikka asoslangan shilqimona harakatlari bilan bu qizni dugonalari qarshisida sharmanda qildi. U o'zini oqlash uchun arzirli sabab topa olmadi. Nima demasin, 1000 rubl pulni o'zi olgan bo'lib chiqaverdi. Shunda qiz o'z joniga qasd qildi.

Aytishlaricha, bu qizning ota-onasi yo'q, buvisi va akasi bilan yasharkan.

Ayolning erini sud 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi. Bundan tashqari, er-xotin marhumaning qarindoshlariga jami 400 000 rubl miqdorida tovon puli to'laydi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 91 | Добавил: Admin | Теги: Voronejlik 13 yashar qiz 1000 rubln | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar