12:02
Volgogradda o‘zbekistonlik yigit urush davridagi bombaga duch kelib, portlab ketdi
Volgograd viloyatida tergovchilar o‘zbekistonlik ishchining o‘limi tafsilotlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining Gorodishenskiy tumanidagi bo‘limi rahbari Mixail Sverkunov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“O‘zbekistonlik 21 yoshli yigit Karpovka qishlog‘idagi piyozni qayta ishlash omborida mehnat qilgani aniqlandi. U dala ishlari chog‘ida Ikkinchi jahon urushi davriga mansubligi taxmin qilingan snaryadga duch keladi. Topilma bilan qiziqib, uni tekshirib ko‘radi. Shu payt portlash yuz bergan”, — deydi Mixail Sverkunov.

Yigit olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. Uning o‘limi yuzasidan tergovgacha bo‘lgan tekshiruv olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 692 | Добавил: Admin | Теги: portlab ketdi, Volgogradda o‘zbekistonlik yigit ur | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close