14:31
Viktoriya ko‘lida Nil timsohi oq tanli sayyohning oyog‘ini uzib tashladi
Nil timsohi Afrikadagi ko‘lda
cho‘milayotgan sayyohga
hujum qildi va oyog‘ini g‘ajib
tashladi. Bu haqda Daily Star
ma’lum qildi.

Hodisa Ugandaning markaziy
qismidagi Kalangala okrugida
ro‘y berdi. Ismi-sharifi oshkor
etilmayotgan oq tanli erkak
Viktoriya ko‘lida
cho‘milayotganda unga timsoh
hujum qildi.

Timsoh sayyohning chap
oyog‘ini tizzasidan pastini uzib
oldi. Ko‘p qon yo‘qotganligidan
deyarli behush holdagi erkakni
mahalliy fuqarolar suvdan
chiqarib oldi. Ularga Uganda
armiyasi askari ham yordamga
keldi.

Jabrdiydaning kelgusi taqdiri
hozircha noma’lum.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 567 | Добавил: Admin | Теги: Viktoriya ko‘lida Nil timsohi oq ta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close