Сб, 22.09.2018, 23:37
Приветствую Вас, Mexmon

10:47
Uzcard tizimi ishdan chiqishi O‘zbekistondagi savdolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda
16-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, Uzcard banklararo to‘lov tizimi ishdan chiqqanligicha qolmoqda. Uning serverlarida jiddiy xato yuzaga kelganiga 15 soatdan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Natijada, aholining so‘m plastik kartochkalaridan foydalanish imkoniyati yo‘qolgan. 15-sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab savdo shoxobchalari terminal bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilmay qo‘ygan, kartochka orqali onlayn tovar va xizmatlarni sotib olishning ham imkoni bo‘lmagan. Masalan, PayMe onlayn to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirayotgan paytda tizim plastik kartaning serveri ishlamayotgani haqidagi ogohlantirishni ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uzcard tizimi Yagona umumrespublika protsessing markaziga tegishli bo‘lib, mamlakatning barcha banklari so‘m plastik kartalari faoliyatini boshqaradi.

Avvalroq, “O‘zbektelekom” UzCard’dagi nosozliklarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilingan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 38 | Добавил: Admin | Теги: Uzcard tizimi ishdan chiqishi O‘zbe | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar