Главная » 2018 » Февраль » 6 » Urganchda kollej o'quvchisi onasi va ukasining qotiliga aylandi
11:25
Urganchda kollej o'quvchisi onasi va ukasining qotiliga aylandi
Urganch qurilish kasb-hunar kollejining birinchi bosqich o'quvchisi Og'abek Abdullayev 2018 yilning 31 yanvar kuni onasi Gulnora To'rayeva bilan janjallashib, uni o'ldirib qo'ydi. Bu haqda Xalq so'zi gazetasi xabar bermoqda.

Ayblanuvchi Og'abek Abdullayev onasini g'isht bo'lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazadi va ayollar ro'moli bilan bo'g'ib o'ldiradi.

Voqea sodir bo'lgan paytda ayblanuvchining shu uyda yashovchi o'gay ukasi Azizbek Masharipov akasidan onasiga tegmaslikni yalinib so'ragan.

Ammo Og'abek besh yashar Azizbekni ham ayollar ro'moli bilan bo'g'ib o'ldirib, jinoyat izini yashirish maqsadida jasadni jomadonga joylab, tunda uyning yerto'lasiga tushirib qo'yadi.

Qo'shnilarning hushyorligi va ogohligi natijasida ushbu jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko'ra, jinoyatga aloqador tomonlarning shaxsiga oid ma'lumotlar aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha, Gulnora To'rayeva ikki marta nikohsiz turmush qurib, har turmushidan bir nafardan farzandli bo'lgan.

Gulnora To'rayeva ilgari sudlangan. Tayinli bir ish bilan shug'ullanmay, yengil-elpi hayot kechirishga odatlangan.
Nosog'lom muhit shakllangan oilada tarbiyalangan Og'abek ham 2017 yilning mart oyida o'g'irlik jinoyatini sodir etib sudlangan.

Ayblanuvchi Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan. Mazkur holat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 166 | Добавил: Admin | Теги: Urganchda kollej o'quvchisi onasi v | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz