11:37
Ulkan kobra va bo‘g‘ma ilonning olishuvi... (foto)
Dunyodagi eng yirik zaharli ilon – qirol kobrasining dunyodagi eng yirik ilon – bo‘g‘ma ilon bilan olishuvi ikkisi uchun ham ayanchli yakunlandi. Olishuvda ilonlardan hech biri omon qolmadi. Ushbu olishuvning ayanchli yakuni tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda jadal tarqaldi.

Ushbu surat Imgur portalida joylashtirilgan. Surat muallifining aytishicha, u Janubi-Sharqiy Osiyoda olingan. Surat 250 mingdan ko‘proq marta tomosha qilingan va 7 mingdan ko‘proq “layk” to‘plagan. Suratga izoh berganlarni nafaqat o‘lik ilonlar, balki atrofdagi chiqindilar ham hayratga solgan.

“Ko‘p tabiat va ko‘p plastik. Zamonaviy hayot afsuski shunday”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.

“Menga shu yerga bormasligim uchun uning aniq manzili kerak”, deb hazil qilgan yana bir foydalanuvchi.

Manba: Zamin.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1012 | Добавил: Admin | Теги: Ulkan kobra va bo‘g‘ma ilonning oli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close