Вс, 22.07.2018, 11:50
Приветствую Вас, Mexmon

07:26
Ukrainalik 32 yashar norg'ul yigit 83 yoshli onaxonning nomusini bulg'ab, uyidagi bor pullarni oldi-yu, kampirni o'ldirdi
Fojia Kiyev viloyatining Kagarliskiy tumanidagi Leonovka qishlog'ida yuz bergan. Bir qishloqda yashab turib, onasi qatori kampirning pullariga ega chiqish niyatida bu erkak pastkashlikka yo'l qo'ydi. Pullarni o'g'irlab chiqib ketish o'rniga onaxonning nomusini bulg'adi, keyin esa o'ldirdi. Shundan keyin ham tinchlanmadi. Uyga o't qo'ydi. Oqibatda jasadning yarmi kuyib ketdi.

Hozirgi kunda qotil qo'lga olingan. U dastlabki tergov jarayonidayoq jinoyatini bo'yniga oldi. Ammo psixiatriya ekspertizasi qotilni ruhiy xasta deb topdi va u davolanish uchun ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yotqizildi. Muolajalar yakunlangach, albatta qilmishiga yarasha jazosini oladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 114 | Добавил: Admin | Теги: uyidagi bor pullarni oldi-yu, kampirni o'ldirdi, Ukrainalik 32 yashar norg'ul yigit | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar