. Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi - 1 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Пн, 17.02.2020, 15:04
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2826]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 274

Статистика

Онлайн всего: 9
Гостей: 9
Пользователей: 0


13:10
Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi
Turkmaniston 31-yanvardan boshlab O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan “Shovot” va “Farap” nazorat-o‘tkazish punktlarini yopdi, deb xabar beradi “Turkman.news”.

Ta’kidlanishicha, bu Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi esa o‘tkazish punktlari odatdagi rejimda ishlayotganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyining so‘nggi kunlarida nazorat-o‘tkazish punktlari ochiq bo‘lsa-da, O‘zbekiston sanitar nazoratni kuchaytirgan va chegarani faqat tibbiyot niqoblarini taqqan holda kesib o‘tishga ruxsat bergan. Aks holda fuqarolar ortiga qaytarib yuborilgan.

Toshhovuzdagi manbalarning ma’lum qilishicha, yangi talablar sabab Turkmaniston tomonidagi mahalliy aholi o‘zlari uchun biznesni ham boshlab yuborgan: Turkmaniston nazorat-o‘tkazish punktlari oldida niqoblar 3 manatdan sotilmoqda. Shahar dorixonalarida esa 3 dona tibbiyot niqobi 2 manat turadi.

Toshhovuz va Tukmanobodda virusning oldini olish bo‘yicha alohida choralar ko‘rilmagan. Maktablarga o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z xohishi bilan niqobda kelmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni va ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashriflarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 49 | Добавил: Admin | Теги: Turkmaniston koronavirus sabab O‘zb | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020