Главная » 2018 » Апрель » 16 » Turkiyalik haydovchi Chinozda 44 yashar o‘zbekistonlikni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi
06:45
Turkiyalik haydovchi Chinozda 44 yashar o‘zbekistonlikni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 14-aprel kuni chet ellik haydovchi 44 yashar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 12:30 atrofida Turkiya fuqarosi, joriy yil 8-aprel kuni Buxoro viloyati chegara maskani orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Tanju Logistik firmasi haydovchisi O. Ozdemir o‘ziga biriktirilgan Volvo yuk avtomobilini “Toshkent—Termiz” yo‘lining 853-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l chetida mashinasi oldida turgan, 1974-yilda tug‘ilgan S.Yusupovni urib yubordi.

Hodisa oqibatida S.Yusupov jarohat olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 48 | Добавил: Admin | Теги: uning o‘limiga sababchi bo‘ldi, Turkiyalik haydovchi Chinozda 44 ya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz