. Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi - 18 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 17:25
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2877]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


08:26
Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Turkiyada koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. “RBK”ning Anadolu’ga tayanib xabar berishicha, bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kasallikdan 89 yoshli bemor vafot etgan. “U virusni Xitoy safaridan qaytgan xodimidan yuqtirgandi”, — deya aniqlik kiritgan Fahriddin Xo‘ja.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatda umumiy hisobda 98 kishi koronavirus bilan kasallangani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. U bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan.

Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablar 16-martdan boshlab 1 haftaga yopilgan.

Avvalroq koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlangani, Qirg‘izistonda ham ilk bor koronavirusga chalinishning 3 ta holati qayd etilgani xabar berilgandi. Xitoyda esa o‘tgan sutka ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Admin | Теги: Turkiyada koronavirusdan birinchi o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020