. Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi - 13 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 17:28
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2877]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


20:44
Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi
Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablarni 16-martdan boshlab 1 haftaga yopishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, maktablardagi bir haftalik dam olishdan so‘ng 23-martdan boshlab o‘quvchilar onlayn usulda ta’lim olishga o‘tadi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari ham ikki haftaga yopilishi ma’lum qilingan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlandi.

Shuningdek, mutaxassislarning tahlillari va tavsiyalariga ko‘ra sport musobaqalari ham aprel oyi oxirigacha tomoshabinlarsiz o‘tishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan.

Avvalroq koronavirus sabab Ozarbayjon va Qirg‘izistonda ommaviy tadbirlar bekor qilingani, Qozog‘istonda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanib, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘lgani, Emmanuel Makron Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq bergani xabar berilgandi.

UNESCO tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda koronavirus tufayli kuzatilayotgan inqiroz butun dunyoda 363 million o‘quvchi va talabani qamrab olgan. Bunda 57,8 million nafar talaba, qolgani esa maktab yoshigacha bo‘lgan hamda maktab o‘quvchilari ta’lim olishdan uzilib qolgan. Shu tarzda koronavirus sababli jahonda har beshinchi o‘quvchi maktabga, har to‘rtinchi talaba oliy o‘quv yurtiga bora olmayapti.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: Turkiyada koronavirus tufayli barch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020