. Tramp Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmi “Oskar”ga loyiq ko‘rilganidan norozi ekanligini ma’lum qildi - 21 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:27
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


12:48
Tramp Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmi “Oskar”ga loyiq ko‘rilganidan norozi ekanligini ma’lum qildi
Prezident Donald Tramp Amerika kinoakademiyasining eng yaxshi film nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotini Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmiga berish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qildi. Bu haqda u Kolorado shtatidagi chiqishlari vaqtida ma’lum qilgan, deb xabar beradi Fox News.

“Bu nima edi, jin ursin? Janubiy Koreya bilan yetarlicha savdo muammolarimiz bor. Shunda keyin ham ularga yilning eng yaxshi filmi mukofoti berilmoqda? Bu normal holatmi?”, — deya e’tiroz bildiradi Tramp.

Amerika yetakchisi AQShda ko‘plab yaxshi filmlar borligini ta’kidlab, “Shamollarda qolgan hislarim” va “Sanset bulvari” kartinalarini qaytarishni so‘ragan.

AQSh Demokratlar partiyasining milliy qo‘mitasi Trampning ushbu so‘zlariga javoban Twitter’da izoh qoldirgan: “‘Parazitlar’ — bu tabaqalar o‘rtasidagi kurash haqidagi xorij filmi. Uni ko‘rish uchun ikki soat subtitr o‘qish kerak, shu sababli film prezidentga yoqmagan”.

10-fevral kuni Amerika kinoakademiyasi eng yaxshi film uchun atalgan 2020-yilgi “Oskar” mukofotiga Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmini loyiq deb topdi. “Parazitlar” filmi bundan tashqari “Eng yaxshi xorijiy film” va “Eng yaxshi original ssenariy” yo‘nalishlarida ham haykalchalarni qo‘lga kiritdi. “Parazitlar”ni suratga olgan Pon Chjun Xo esa eng yaxshi rejissor deb topildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: Tramp Janubiy Koreyaning “Parazitla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020