Вт, 25.09.2018, 08:50
Приветствую Вас, Mexmon

07:37
Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi xususiylashtiriladi
Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi savdoga chiqariladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Otel O‘zbekiston” MChJ nizom kapitalida 80,13 foizni tashkil qiladigan davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Mehmonxonaning yangi mulkdorlari uni yangilash va lozim bo‘lgan taqdirda to‘liq qayta ta’mirlash majburiyatini zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. Mehmonxonaning to‘liq qiymati uch yil ichida davlatga to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri bo‘lgan “O‘zbekiston” 1974-yilda barpo etilgan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 73 | Добавил: Admin | Теги: Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar