VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

08:31
Toshkentda yashovchi ayol o‘z uyi oshxonasida o‘ldirib ketildi
2019-yil 30-mart kuni soat 14.00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda UzNews ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni taxminan soat 13:55 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi rahbari Surayyo Rahmonovaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda yashovchi ayol o‘z uyi o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%