VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

20:42
Toshkentda qiz ustida talashib janjal chiqargan 22 yoshli retsidivist 16 yoshli o‘smirni pichoqladi
3-fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko‘chasida sodir bo‘lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so‘rab o‘rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, jarohatlarining og‘irligi sabab u vafot etadi.

Mazkur voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda qiz ustida talashib janj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%