18:17
Toshkentda fohishalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger qo'lga olindi

Toshkent shahrida 18 noyabr kuni fohishalik bilan shug'ullanuvchi guruhni internetda reklama qilib kelgan bloger qo'lga olindi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyati Prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 18 noyabr kuni tezkor tadbir o'tkazgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida o'zini Roma deb tanishtiruvchi ushbu shaxs 1988 yilda tug'ilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qo'shmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi guruhning faol a'zosi ekani aniqlangan.

Shuningdek, surushtiruv davomida u moddiy (har bir e'lon uchun 50 dollardan 500 dollargacha) daromad evaziga jinsiy xizmat ko'rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e'lonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlanib, uning yashash xonadoni tintuvdan o'tkazilgan.

Tintuv davomida:

  • 29 ming 14 dollar;
  • 4 million 880 ming so'm pul;
  • 10 dona plastik kartochka;
  • 2 dona chegirma plastik kartochkasi;
  • 4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-kartalar;
  • 2 dona elektron xotira (flesh karta);
  • 3 dona Redmi rusumli telefon apparati;
  • 1 dona HP noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 208 | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda fohishalar guruhini inte | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close